22628 Fuqarolarning shaxsiy jamg‘arma pensiya hisobvarag‘idagi mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: qonunchilikka muvofiq fuqarorlarning shaxsiy jamg‘arma pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘lari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida fuqarolarning majburiy va ixtiyoriy jamg‘arma pensiya badallari, shaxsiy jamg‘arma hisobvaraqlaridagi qoldiq mablag‘larga har yilning oxirida Xalq bankining marjasi ayirib tashlangan holda hisoblangan foiz daromadlari, shuningdek qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa tushumlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda shaxsiy pensiya hisobvaraqlaridan to‘langan mablag‘larning summasi va/yoki noto‘g‘ri kirim qilingan mablag‘larning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir filial bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |