22210 Bosh ofis/filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar — Float
Hisobvaraqning ta’rifi: o‘rnatilgan muddat davomida taqqoslanmagan Bosh bank bilan uning filiallari o‘rtasidagi yoki bitta bankning filiallari o‘rtasidagi transaksiyalar hisobi olib boriladi. Hisobni bosh transaksiyani boshlovchi bank yuritadi. Yil oxirida ushbu hisobvaraqlar bo‘yicha qoldiq qolmasligi lozim.
Hisobvaraqning kreditida o‘rnatilgan muddat davomida hisoblab o‘tkazilmagan, shuningdek qayta tasniflangan va 22202, 22204, 22205, 22206, 22208 hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida tartibga solingan summa hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob Bosh ofis/filiallar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |