22206 Chet eldagi Bosh ofis/filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: Bankning Bosh ofisi bilan uning chet eldagi filiallari o‘rtasidagi operatsiyalar hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 16105 — “Chet eldagi Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar” o‘zaro mos hisobvaraqdir. Mazkur hisobvaraqlarning aylanma va qoddiq summalari bir-biriga teng bo‘lishi va jamlanma balansda ushbu hisobvraqlarda qoldiq bo‘lmasligi shart.
Hisobvaraqning kreditida Bosh bank/filiallarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida Bosh bank/filiallar oldidagi qarzlarning qaytarilishi, shuningdek mablag‘larning noto‘g‘ri o‘tkazilishi natijasida qaytarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob Bosh bank/filiallar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.