20600 Muddatli depozitlar
20602 Hukumatning budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha muddatli depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: hukumat(Moliya vazirligi)ning qat’iy kelishilgan muddatga foizlar hisoblanishi sharti bilan qo‘yilgan budjetdan tashqari mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hukumatning muddatli depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hukumatning muddatli depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqariladigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |