20416 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning jamg‘arma depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning, shu jumladan mikrokredit tashkilotlari, lombard va lizing kompaniyalarining ma’lum maqsad uchun foizlar hisoblanishi bilan jamg‘ariladigan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning jamg‘arma depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning jamg‘arma depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |