16405 Olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan jarima va penyalar
Hisobvaraqning ta’rifi: ko‘rsatilgan xizmatlar uchun hisoblangan, lekin hali olinmagan jarima va penyalar summalarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida olish uchun hisoblangan jarima va penyalar summasi aks ettiriladi
Hisobvaraqning kreditida undirilgan va/yoki hisobdan chiqarilgan, shuningdek, noto‘g‘ri hisoblangan jarima va penyalar qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob mijozlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16409 Operatsion ijara bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan daromad Hisobvaraqning ta’rifi: operatsion ijara bo‘yicha hisoblangan, lekin hali olinmagan daromad hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida operatsion ijara bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan daromad summasi aks ettiriladi
Hisobvaraqning kreditida olishi lozim bo‘lgan to‘lovlar va/yoki hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |