15911 Yevroobligatsiyalar
Hisobvaraqning ta’rifi: so‘ndirish muddatigacha saqlash va qat’iy belgilangan summada daromad olish maqsadida xarid qilingan yevroobligatsiyalar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan, shuningdek Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan yevroobligatsiyalarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan yoki Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan yevroobligatsiyalarning nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob yevroobligatsiyalarning turlari, muddati va emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |