Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
12809 Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: asosiy shartlari qayta ko‘rib chiqilgan shartnoma va unga doir qo‘shimcha bitimga muvofiq o‘zgartirilgan, Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qisqa muddatli kreditlarning hisobi.
Hisobvaraqning debetida Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan, qayta tasniflangan va mazkur hisobvaraqqa 12801 — “Jismoniy shaxslarga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12802 — “Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12803 — “Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12805 — “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida 12899 — “ Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qisqa muddatli kreditlar” hisobvarag‘idan ehtimoliy zararlar zaxiralaridan hisobdan chiqarilgan qayta tasniflangan va/yoki zaxira hisobvaraqlari hisobidan so‘ndirilgan kreditlar summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12899 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirilmasligi mumkin bo‘lgan, Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida taqdim etilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplashga zaxiralarning hisobi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxira summasining oshirilishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxira summasining bekor qilinishi va/yoki kamayishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.