12805 Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan muddati o‘tgan kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida taqdim etilgan, muddatida so‘ndirilmagan qisqa va uzoq muddatli kreditlarning hisobi.
Hisobvaraqning debetida Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida taqdim etilgan, qayta tasniflangan va mazkur hisobvaraqqa 12801 — “Jismoniy shaxslarga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12802 — “Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12803 — “Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12809 — “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar”, 14401 — “Jismoniy shaxslarga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 14402 — “Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 14403 — “Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 14405 — “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab- quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan muddatida to‘lanmagan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan so‘ndirilgan, boshqa maqom bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar va/yoki zaxira hisobvaraqlari hisobidan 12899 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qisqa muddatli kreditlar” hisobvarag‘idan ehtimoliy zararlarga hisobdan chiqarilgan qarzdorlik summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.