10793 Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha mukofot
Hisobvaraqning ta’rifi: qarz qimmatli qog‘ozlarining xarid qiymati (sotib olish xarajatlari va agar mavjud bo‘lsa, sotib olingan foizlardan tashqari) bilan nominal qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymatidan yuqori bo‘lgan bahoda sotib olishdagi mukofot summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida mukofotning amortizatsiyasi hamda qimmatli qog‘ozlarni sotishda va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarishdagi mukofotning qoldiq summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |