10791 Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha diskont (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: qarz qimmatli qog‘ozlarining xarid qiymati (sotib olish xarajatlari va sotib olingan foizlardan tashqari, agar ular mavjud bo‘lsa) bilan nominal qiymati o‘rtasidagi salbiy farq hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymatidan past bo‘lgan bahoda sotib olishdagi diskont summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida diskont amortizatsiyasi summasi, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar sotilganda va/yoki boshqa yo‘l bilan balansdan chiqarilayotgan holda hisobdan chiqarilgan diskont summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |