55150 Vositachilik xarajatlari — Mahalliy
Hisobvaraqning ta’rifi: ushbu bank tashabbusi bilan mahalliy to‘lovlarni amalga oshirishda boshqa banklar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qilingan vositachilik xarajatlarini hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bankniig mahalliy to‘lovlarni amalga oshirishda qilgan xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |