55134 Kreditlar bo‘yicha vositachilik xarajatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bankka taqdim etilgan kreditlar (mohiyati bo‘yicha kreditlar deb ataladigan moliyaviy lizing va boshqa operatsiyalar) uchun rasmiylashtirish va ko‘rsatilgan xizmatlarini hisobga olgan holda bankning vositachilik xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida taqdim etilgan kreditlar bo‘yicha bank tomonidan qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |