55130 Overdraft bo‘yicha xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklar tomonidan taqdim etilgan overdraft bilan bog‘liq xizmatlar uchun qilingan xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida overdraft bo‘yicha xizmatlar uchun bank tomonidan to‘langan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |