51126 Boshqa mijozlarning muddatli depozitlari bo‘yicha foizli xarajatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyatiga ko‘ra bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning mijoz oldidagi o‘z (talab qilib olinguncha saqlanadigan, jamg‘arma, muddatli) depozit majburiyatlari bo‘yicha foizli xarajatlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek bankning depozit majburiyatlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki to‘langan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bank moliyaviy natijasi sifatida 31206-“Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |