20605 Budjetdan tashqari jamg‘armalarning muddatli depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: budjetdan tashqari jamg‘armalarning qat’iy kelishilgan muddatga foizlar hisoblanish sharti bilan qo‘yilgan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida budjetdan tashqari jamg‘armalarning muddatli depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida budjetdan tashqari fondlarning muddatli depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqariladigan mablag‘lari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir fond bo‘yicha, har bir fond tarkibida esa muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |