20418 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning jamg‘arma depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklarining ma’lum maqsad uchun foizlar hisoblanishi bilan jamg‘ariladigan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida yakka tartibdagi tadbirkorlarning jamg‘arma depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida yakka tartibdagi tadbirkorlarning jamg‘arma depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.