19908 Olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Bank xodimlari bilan hisob-kitoblar
Hisobvaraqning ta’rifi: bank xodimlariga xizmat safari xarajatlari uchun avanslar, ortiqcha hisoblangan ish haqi yoki mukofot (badal) tariqasida to‘langan mablag‘, shuningdek javobgar shaxs tomonidan yetkazilgan zarar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida bank xodimlariga hisoblangan va to‘langan summalar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisoblangan va to‘langan summalarni qoplash aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank xodimi uchun alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |