16300 Olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
16301 O‘zRMBdan olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zRMBdan olinishi lozim bo‘lgan hisoblab yozilgan, lekin hali olinmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida olish uchun hisoblab yozilgan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar summasi hamda “16377 — Shartnoma bo‘yicha olish uchun hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan olinishi lozim bo‘lgan foizlar” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta alohida shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |