16109 Bosh ofis/filiallardan olinadigan mablag‘lar — Float
Hisobvaraqning ta’rifi: Bankning Bosh ofisi va uning filiallari o‘rtasidagi yoki bitta bank filiallariaro o‘tkazilgan, belgilangan muddat davomida solishtirilib tartibga solinmagan transaksiyalar hisobi olib boriladi. Hisobni bosh transaksiyani amalga oshirgan bank muassasasi yuritadi va uch kun ichida qoldiq berkitilishi lozim.
Hisobvaraqning debetida belgilangan muddat davomida to‘lanmagan, qayta tasniflangan va 16101, 16102, 16103, 16104, 16105 va 16107 hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tartiblashtirilgan summa hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob Bosh ofis/filiallar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |