Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan chiqarilgan, so‘ndirish muddatigacha saqlash va qat’iy belgilangan summada daromad olish maqsadida sotib olingan davlat obligatsiyalari va boshqa xazina majburiyatlari (uzoq muddatli) hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan davlat obligatsiyalari va boshqa xazina majburiyatlarining nominal qiymati va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan davlat obligatsiyalarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va/yoki Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan davlat obligatsiyalarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob davlat obligatsiyalari va boshqa xazina majburiyatlarining turlari va muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.