45700 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga, Birgalikdagi korxonalarga va sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan olingan foyda va dividendlar 45701 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan olingan foyda — Moliyaviy institutlar 45705 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan olingan foyda — Boshqalar 45709 Birgalikdagi korxonalarga qilingan investitsiyalardan olingan foyda — Moliyaviy institutlar 45713 Birgalikdagi korxonalarga qilingan investnsiyadan olingan foyda — Boshqalar Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: investitsiyani sotish yoki dispozitsiya qilishdan, shuningdek xo‘jalik jamiyatining foydasida bank ulushini qabul qilish natijasida investitsiya summasining o‘sishidan vujudga kelgan foyda hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida investitsiyani sotish yoki dispozitsiya qilishdan, shuningdek xo‘jalik jamiyatining foydasida bank ulushini qabul qilish natijasida investitsiya summasining o‘sishidan vujudga kelgan foyda summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri aks ettirilgan foydalarning hisobdan chiqarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
45717 Sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan olingan foyda va dividendlar — Moliyaviy institutlar 45721 Sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan olingan foyda va dividendlar — Boshqalar Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtarib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan olingan dividendlar va investitsiyani sotish yoki dispozitsiya qilish natijasida olingan foyda hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyadan olingan dividendlar va investitsiyani sotish yoki dispozitsiya qilish natijasida olingan foyda summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri aks ettirilgan dividendlarning hisobdan chiqarish summasi, shuningdek hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.