90402 Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan jismoniy shaxslarning plastik kartalari Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan muomalaga chiqarilgan jismoniy shaxslarning plastik kartalari hisobi olib boriladi. Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan jismoniy shaxslarning plastik kartalari “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96311 — “Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartalar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan muomalaga chiqarilgan jismoniy shaxslar plastik kartalarining “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan muomaladan olib qo‘yilgan yoki belgilangan tartibda yo‘q qilib tashlangan jismoniy shaxslar plastik kartalarining “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
90404 Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan yuridik shaxslarning korporativ plastik kartalari Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan muomalaga chiqarilgan yuridik shaxslarning korporativ plastik kartalari hisobi olib boriladi. Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan yuridik shaxslarning korporativ plastik kartalari “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96311 — “Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartalar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan muomalaga chiqarilgan yuridik shaxslar korporativ plastik kartalarining “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan muomaladan olib qo‘yilgan yoki belgilangan tartibda yo‘q qilib tashlangan yuridik shaxslar korporativ plastik kartalarining “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi. Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
90406 Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning korporativ plastik kartalari Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan muomalaga chiqarilgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning korporativ plastik kartalari hisobi olib boriladi. Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning korporativ plastik kartalari “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96311 — “Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartalar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan muomalaga chiqarilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar korporativ plastik kartalarining “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank tomonidan muomaladan olib qo‘yilgan yoki belgilangan tartibda yo‘q qilib tashlangan yakka tartibdagi tadbirkorlar korporativ plastik kartalarining “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahodagi qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.