10905 Qimmatbaho toshlar Hisobvaraqning ta’rifi: bankning tijorat faoliyati uchun sotib olgan qimmatbaho toshlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan qimmatbaho toshlarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilgan qimmatbaho toshlarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatbaho toshlarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10909 Qimmatbaho tangalar Hisobvaraqning ta’rifi: bankning tijorat faoliyati uchun sotib olgan qimmatbaho metallardan yasalgan (oltin, kumush va boshqa) tangalarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan qimmatbaho tangalarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilgan qimmatbaho tangalarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatbaho tangalarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10999 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarning savdosi (kontr-aktiv) Hisobvaraqning ta’rifi: bankning tijorat faoliyati uchun sotib olgan qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarining qadrsizlanishi natijasida yuzaga keladigan zararlarni qoplash uchun mo‘ljallangan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida baholangan ehtimoliy yo‘qotishlar summasi yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatbaho metallar, toshlar va tangalarning turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11100 Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring 11101 Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan sotib olingan debitorlik qarzlari — jo‘natilgan tovarlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun o‘z mijozlari (mahsulot yetkazib beruvchi) tomonidan inkassoga qo‘yilgan to‘lov talabnomalarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bank tomonidan sotib olingan mijozlarning debitorlik qarzlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan to‘langan debitorlik qarzlarining qiymati, qayta tasniflangan va 11103 — “Muddati o‘tgan sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring”, 11105 — “Sud jarayonidagi sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring” hisobvaraqlarga o‘tkazilgan, shuningdek boshqa shaxslar hisobiga kechib yuborilgan debitorlik qarzlarining qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir to‘lovchi bo‘yicha shartnomalar qirqimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11103 - Muddati o‘tgan sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
Hisobvaraqning ta’rifi: belgilangan qoidalarga muvofiq muddati o‘tgan deb tasniflangan sotib olingan debitorlik qarzlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 11101 — “Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring” hisobvarag‘idan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan bank tomonidan sotib olingan debitorlik qarzlarining to‘liq va/yoki to‘lanmagan qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan to‘langan yoki hisobdan chiqarilgan dsbitorlik qarzlarining summasi, shuningdek qayta tasniflangan va 11105 — “Sotib olingan sud jarayonidagi debitorlik qarzlari — Faktoring” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan sotib olingan muddati o‘tgan debitorlik qarzlarining qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir to‘lovchi bo‘yicha shartnomalar qirqimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11105 - Sud jarayonidagi sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan sotib olingan sud jarayonidagi debitorlik qarzlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 11101 — “Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring”, 11103 — “Muddati o‘tgan sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan bank tomonidan sotib olingan debitorlik qarzlarining to‘liq va/yoki to‘lanmagan qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan qoplangan yoki hisobdan chiqarilgan debitorlik qarzlari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir to‘lovchi bo‘yicha shartnomalar qirqimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.