40201 O‘zRMBning vakillik hisobvarag‘i bo‘yicha foizli daromadlar — Vostro, overdraft Hisobvaraqning ta’rifi: bankning O‘zRMBning — Vostro vakillik hisobvarag‘idagi overdraft uchun olingan foizli daromadlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida O‘zRMBdan olinishi lozim bo‘lgan ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki olingan foizlarning qaytarilishi hamda moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
40205 O‘zRMBdagi depozitlar bo‘yicha foizli daromaddar Hisobvaraqning ta’rifi: bankning O‘zRMBga qo‘yilgan depozitlar bo‘yicha foizli daromadlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida O‘zRMBdan olinishi lozim bo‘lgan ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki olingan foizlarning summasi hamda moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
40400 Boshqa banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha foizli daromadlar 40401 Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlar bo‘yicha foizli daromadlar — Nostro Hisobvaraqning ta’rifi: bankning boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlari bo‘yicha foizli daromadlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki olingan foizlarning summasi hamda moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
40405 Boshqa banklarning vakillik hisobvaraqlari bo‘yicha foizli daromadlar — Vostro, overdraft Hisobvaraqning ta’rifi: bankning boshqa banklarning — Vostro vakillik hisobvarag‘idagi overdraft uchun olingan foizli daromadlar hisobi olib boriladi.