30905 Tekinga olingan mulklar Hisobvaraqning ta’rifi: aksiyadorlardan bank mulkiga tekinga olingan mulklar qiymati olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida aksiyadorlardan tekinga olingan mulklar qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida o‘rnatilgan tartibga muvofiq taqsimlanmagan foyda hisobiga o‘tkazilgan summalar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
30906 Devalvatsiya uchun zaxira Hisobvaraqning ta’rifi: sezilarli darajada milliy valyutaning qadrsizlanishida (devalvatsiya) bankning o‘z majburiyatlarini qoplash uchun taqsimlanmagan foyda hisobidan ajratilgan mablag‘larining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida taqsimlanmagan foyda hisobidan o‘tkazilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxira fondidan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi.
30907 Sotish uchun mavjud qimmatli qog‘ozlarning haqqoniy qiymatining o‘zgarishi natijasida hosil bo‘lgan o‘zlashtirilmagan foyda yoki zararlar (aktiv-passiv) Hisobvaraqning ta’rifi: sotishga mo‘ljallangan qarz qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyaning haqiqiy qiymatining o‘zgarishi natijasida vujudga keladigan foyda yoki zararlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida investitsiyalarning haqiqiy qiymatini o‘sgan summasi, shuningdek ular hisobdan chiqarilganda, qayta tasniflanganda va/yoki qadrsizlanganda ushbu hisobvaraqning debetida oldin aks ettirilgan zararlarni hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida investitsiyalarning haqiqiy qiymatini kamaygan summasi, shuningdek ular hisobdan chiqarilganda, qayta tasniflanganda va/yoki qadrsizlanganda ushbu hisobvaraqning kreditida oldin aks ettirilgan foydani hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi va muddatlari hamda emitentlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30908 Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi Hisobvaraqning maqsadi: bankning asosiy vositalari va nomoddiy aktivlari bozor qiymatining sezilarli o‘sishi natijasida boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qiymatining oshgan miqdori hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning asosiy vositalari va nomoddiy aktivlari qiymatining balans qiymatiga nisbatan oshgan miqdori aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida baholanayotgan asosiy vosita va nomoddiy aktiv sotilganda yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilganda, ular qiymatining oshgan miqdori, shuningdek bankning asosiy vositasi va nomoddiy aktivi qiymatining balans qiymatiga nisbatan pasayib ketishi va o‘rnatilgan tartibga muvofiq, taqsimlanmagan foyda hisobiga o‘tkazilgan summalar hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir baholangan asosiy vosita va nomoddiy aktiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.