10889 Sotishga mo‘ljallangan qarz qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish bo‘yicha xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: qarz qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlar (agent, maslahatchi, diler va brokyerlarga to‘langan mukofot va vositachilik haqi, nazorat organlari va fond birjalarining yig‘imlari, shuningdek mablag‘ o‘tkazganlik uchun soliq va yig‘imlar va h.k.)ning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sotishga mo‘ljallangan qarz qimmatli qog‘ozlarining xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotishga mo‘ljallangan qarz qimmatli qog‘ozlarining xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar amortizatsiyasi hamda qarz qimmatli qog‘ozlarini sotish, qayta tasniflash, birovga berish va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarish vaqtida xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarning qoldig‘ini hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10891 Sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha diskont (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: sotishga mo‘ljallangan qarz qimmatli qog‘ozlarining xarid qiymati (sotib olish xarajatlari va agar mavjud bo‘lsa sotib olingan foizlardan tashqari) bilan nominal qiymati o‘rtasidagi salbiy farq hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymatidan past bo‘lgan bahoda sotib olishdagi diskont summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida diskont amortizatsiyasi summasi hamda sotilgan, qayta tasniflangan, berilgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan qimmatli qog‘ozlarning diskont summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10893 Sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha mukofot
Hisobvaraqning ta’rifi: sotishga mo‘ljallangan qarz qimmatli qog‘ozlarining xarid qiymati (sotib olish xarajatlari va agar mavjud bo‘lsa, sotib olingan foizlardan tashqari) bilan nominal qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida nominal qiymatidan yuqori bo‘lgan bahoda sotib olishdagi mukofot summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida premiya amortizatsiyasi hamda sotilgan, qayta tasniflangan, berilgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan qimmatli qog‘ozlarning mukofot summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi va muddati, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |