10719 Korxonalarning ulushli qimmatli qog‘ozlari Hisobvaraqning ta’rifi: baholarining qisqa muddatli o‘zgarishlari natijasida foyda olish maqsadida sotib olingan yoki bank tomonidan boshqa biror usul orqali haqiqiy qiymatining o‘zgarishi foyda va zararlar hisobotida aks etadigan qimmatli qog‘ozlar deb topilgan, korxona (tashkilot)larning ulushi qimmatli qog‘ozlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqniig debetida sotib olingan va/yoki Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan korxonalar ulushli qimmatli qog‘ozlarining xarid qiymati (sotib olish xarajatlari bunga kirmaydi) aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va/yoki Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan ulushli qimmatli qog‘ozlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob korxona (tashkilot)lar tomonidan chiqarilgan ulushli qimmatli qog‘ozlarning turi va emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10723 Tijorat banklarining obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari Hisobvaraqning ta’rifi: narxlarning qisqa muddatli tebranishlari natijasida foyda chiqarish maqsadida xarid qilingan yoki bank tomonidan biror-bir boshqa usul bilan qimmatli qog‘ozlar sifatida belgilangan, haqqoniy qiymatining o‘zgarishlari foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladigan tijorat banklarining obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari hisobi.
Hisobvaraqning debetida tijorat banklarining xarid qilingan obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tijorat banklarining chiqib ketgan obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob obligatsiyalar va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining turlari va muddatlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10725 Tijorat banklarining ulushli qimmatli qog‘ozlari Hisobvaraqning ta’rifi: narxlarning qisqa muddatli tebranishlari natijasida foyda chiqarish maqsadida xarid qilingan yoki bank tomonidan biror-bir boshqa usul bilan qimmatli qog‘ozlar sifatida belgilangan, haqqoniy qiymatining o‘zgarishlari foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettiriladigan tijorat banklarining ulushli qimmatli qog‘ozlari hisobi.
Hisobvaraqning debetida xarid qilingan va/yoki Markaziy bankning me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq qayta tasniflangan va tegishli hisobvaraqlardan mazkur hisobvaraqqa o‘tkazilgan tijorat banklarining ulushli qimmatli qog‘ozlarining xarid qiymati (xarid qilish xarajatlarini chegirgan holda) aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida chiqib ketgan va/yoki Markaziy bankning me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq qayta tasniflangan va tegishli hisobvaraqlarga o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlarni hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob tijorat banklari tomonidan chiqarilgan ulushli qimmatli qog‘ozlarning turlari bo‘yicha, shuningdek emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.