92806 Qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha muddatli bitimlar Hisobvaraqning ta’rifi: o‘zaro tuzilgan muddatli bitimlarga binoan bank tomonidan yetkazib berilishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning, shuningdek bank bilan kontragent o‘rtasida qayta sotib olish sharti bilan tuzilgan qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi bitimi to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarilishi bo‘yicha sotilishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96376 — “Qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag‘i” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida o‘zaro tuzilgan muddatli bitimlarga binoan bank tomonidan sotuvga qo‘yilishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning summasi, shuningdek bank tomonidan sotib olingan va qayta sotib olish sharti bilan tuzilgan qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi bitimi to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarilishi bo‘yicha sotilishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida o‘zaro tuzilgan muddatli bitimlarga binoan bank tomonidan sotilgan qimmatli qog‘ozlarning summasi, shuningdek qimmatli kog‘ozlarni qayta sotib olish sharti bilan tuzilgan qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi bitimi to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarilishi qo‘shma bank tomonidan sotilgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob shartnoma va qimmatli qog‘ozlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqarda ollb boriladi.
93600 Saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar 93609 Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar Hisobvaraqning ta’rifi: saqlanayotgan qimmatliklar va hujjatlarning hisobi olib boriladi. Saqlanishga qabul qilingan qimmatliklar “donasi 1 so‘m” bo‘lgan shartli bahoda hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96379 — “Saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida shartli ravishda saqlanishga qabul qilingan qimmatbaho buyumlar va boshqa hujjatlarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida egalariga qaytarilgan yoki o‘rnatilgan tartibga muvofiq ravishda ushbu hisobvaraqdan hisobdan chiqarilgan qimmatbaho buyumlar va boshqa hujjatlarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatbaho buyumlar va hujjatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.