91800 Bankning kredit va lizing majburiyati 91809 Bankning kredit va lizing berish majburiyati Hisobvaraqning ta’rifi: bankning mijozlarga yoki boshqa banklarga kredit vayoki lizing berish majburiyatlari hisobi olib boriladi. Bankning mijozlarga va boshqa banklarga kredit vayoki lizing berish majburiyatlari ushbu hisobvaraqda ushbu majburiyatlarning bajarilishigacha yoki bekor qilinishigacha hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96351 — “Bankning kredit berish majburiyati bo‘yicha kontro‘isobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida bankning kredit va lizing berish bo‘yicha berilgan majburiyatlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kredit vayoki lizing berish bo‘yicha ijro etilgan yoki bekor qilingan majburiyatlarining summasi, shuningdek qisman amalga oshirilgan to‘lovlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
91816 Bankning kredit va lizing olish majburiyatlari Hisobvaraqning ta’rifi: bankning mijozlardan yoki boshqa banklardan kredit vayoki lizing olish majburiyatlarining hisobi yuritiladi. Bankning kredit vayoki lizing olish majburiyatlari ushbu hisobvaraqda ushbu majburiyatlarning bajarilishigacha yoki bekor qilinishigacha hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun 96358 — “Bankning kredit olish majburiyati bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida kredit vayoki lizing olish bo‘yicha bergan majburiyatlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kredit olish bo‘yicha ijro etilgan yoki bekor qilingan majburiyatlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
91900 Qarzdorlarning kredit va lizing majburiyatlari 91901 Qarzdorlarning qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha majburiyatlari Hisobvaraqning ta’rifi: qarzdorlarning bank tomonidan berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha muddatli majburiyatlarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96345 — “Qarzdorlarning qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha majburiyatlari kontr-hisobvarag‘i” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar bo‘yicha qarzdorlardan qabul qilingan muddatli majburiyatlar summasi o‘tkaziladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘la qoplangan majburiyatlar summasi aks ettiriladi. Qisman amalga oshirilgan to‘lovlar summasi majburiyat to‘la bajarilgunga qadar uning orqa tomoniga yozib boriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.