45217 Sotib olingan debitorlik qarzlari bo‘yicha daromadlar — Faktoring Hisobvaraqning ta’rifi: sotib olingan debitorlik qarzlari bo‘yicha bankning olgan daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdor tomonidan sotib olingan debitorlik qarzini qoplashda ishlab topilgan daromad summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45221 Bankning trast operatsiyalari bo‘yicha daromadlari Hisobvaraqning ta’rifi: bankning trast operatsiyalpari bo‘yicha daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning trast operatsiyalaridan ishlab topilgan daromadlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45225 Ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar — Akkreditivlar va akseptlar Hisobvaraqning ta’rifi: akseptlar berish va akkreditivlar ochish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bankning olgan daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida akseptlar berish va akkreditivlar ochish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45229 Overdraft bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun daromadlar Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlarga overdraft berish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bankning olgan daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida overdraft bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlardan ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.