23400 Hukumatga tegishli daromad va boshqa tushumlar hisobvaraqlari 23402 Respublika budjetining mablag‘lari Hisobvaraqning ta’rifi: Respublika budjeti daromadlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida Respublika budjetining daromadiga kelib tushadigan mablag‘lar hamda mahalliy budjetlarga noto‘g‘ri o‘tkazilgan tushumlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida mahalliy budjetlarga o‘tkaziladigan mablag‘lar, mablag‘larning qoldiqlarini Respublika budjetining daromadiga o‘tkazish aks ettiriladi, shuningdek Respublika budjetining daromadiga noto‘g‘ri o‘tkazilgan mablag‘lar hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob Respublika budjetining daromadlari moddasi bo‘yicha bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
23403 Bojxona to‘lovlari bo‘yicha Respublika budjetining daromadlari Hisobvaraqning ta’rifi: bojxona to‘lovlari bo‘yicha Respublika budjetining daromadlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bojxona xizmatlari uchun Respublika budjeti daromadiga kelib tushadigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida Respublika budjetining asosiy daromadlar hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi.
23404 Respublika qaramog‘idagi budjet muassasalarining mablag‘lari Hisobvaraqning ta’rifi: Respublika budjeti tarkibiga kiradigan muassasa va tashkilotlarni ta’minlash uchun Respublika budjetidan kelib tushgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida Respublika budjetidan olingan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida budjet muassasalari va tashkilotlari uchun xarajatlar smetasiga muvofiq hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir budjet muassasasi (tashkiloti) bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23405 Nobudjet tashkilotlar va korxonalar uchun respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar Hisobvaraqning ta’rifi: Davlat dasturi bo‘yicha respublika budjetidan nobudjet tashkilotlar va korxonalarga ajratilgan mablag‘lar, shuningdek, subsidiya va transfertlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida respublika budjetidan kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.