17300 Tranzit hisobvaraqlari 17301 Tranzit hisobvarag‘i Hisobvaraqning ta’rifi: ushbu hisobvaraq bo‘yicha summalar, operatsiya amalga oshirilayotrgan hisobvaraqning vakillik hisobvaraq bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri korrespondensiyasi taqiqlangan hollarda o‘tkaziladi.
Hisobvaraqning debetida o‘tkazilgan summalar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida o‘tkazilgan summalarning to‘lanishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
17305 Aniqlanish jarayonidagi transaksiyalar Hisobvaraqning ta’rifi: biror-bir sabablarga (rekvizitlari noto‘g‘ri ko‘rsatilganda, mijozga bu bankda boshqa xizmat ko‘rsatilmaganda, qo‘shimcha nazorat talab qiladigan operatsiyalar va shu kabi boshqa hollarda) ko‘ra belgilangan maqsadi bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin bo‘lmagan mablag‘lar transaksiyasi hisobga olinadi. Aniqlanish jarayonida hisobvaraqdagi mablag‘lar maqsadi bo‘yicha hisobdan chiqarilishi yoki mablag‘ oluvchiga qaytarilishi lozim bo‘lgan o‘rnatilgan muddat davomidagina qoldirilishi mumkin.
Hisobvaraqning debetida mablag‘lar kelib tushgan vaqtda belgilangan maqsadi bo‘yicha hisobdan chiqarilishi mumkin bo‘lmagan summa aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida belgilangan maqsadi bo‘yicha hisoblangan yoki oluvchiga qaytarib yuborilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
17400 Mijozlarning plastik kartalaridan hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlari 17401 Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan olingan naqd pullar bo‘yicha hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar Hisobvaraqning ta’rifi: jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan olingan naqd pullar bo‘yicha pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarning plastik kartalari hisobvaraqlaridan olingan naqd pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida jismoniy shaxslarning plastik kartalari hisobvaraqlaridan qoplangan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
17403 Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan boshqa plastik kartalar yoki omonatlar hisobvaraqlariga hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan mablag‘lari bo‘yicha tranzit hisobvarag‘lari Hisobvaraqning ta’rifi: jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan aholining plastik kartalari yoki omonatlari hisobvaraqlariga o‘tkaziladigan pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan aholining plastik kartalari yoki omonatlari hisobvaraqlariga o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida jismoniy shaxslarning plastik kartalari hisobvaraqlaridan qoplangan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.