15900 So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar 15901 Davlat xazina veksellari Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan chiqarilgan, so‘ndirish muddatigacha saqlash va qat’iy belgilangan summada daromad olish maqsadida xarid qilingan xazina veksellari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan xazina veksellarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan xazina veksellarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob xazina veksellarining turlari va muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
15905 Davlat obligatsiyalari Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan chiqarilgan, so‘ndirish muddatigacha saqlash va qat’iy belgilangan summada daromad olish maqsadida sotib olingan davlat obligatsiyalari va boshqa xazina majburiyatlari (uzoq muddatli) hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan davlat obligatsiyalari va boshqa xazina majburiyatlarining nominal qiymati va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan davlat obligatsiyalarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va/yoki Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan davlat obligatsiyalarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob davlat obligatsiyalari va boshqa xazina majburiyatlarining turlari va muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
15909 O‘zRMBining obligatsiya va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari Hisobvaraqning ta’rifi: so‘ndirish muddatigacha saqlash va qat’iy belgilangan summada daromad olish maqsadida xarid qilingan O‘zRMBning obligatsiya va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan O‘zRMBning obligatsiya va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan yoki Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob obligatsiyalar va boshqa qarz majburiyatlari turlari va muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.