14800 Budjet tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar 14801 Budjet tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar Hisobvaraqning ta’rifi: kredit berilgan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga budjet tashkilotlariga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14809 Budjet tashkilotlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar Hisobvaraqning ta’rifi: qayta ko‘rib chiqilgan shartnoma hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan budjet tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 14801 — “Budjet tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar, 12405 — “Budjet tashkilotlariga berilgan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan budjet tashkilotlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 14899 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Budjet tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvarag‘idan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14899 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Budjet tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kreditlar Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, budjet tashkilotlariga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.