IJTIMOIY OMILLARNING TILGA TA’SIRI.
LISONIY HAMJAMIYaT
Til muhiti deyilganda muayyan hududda (odatda, davlat doirasida) qo’llaniladigan turli aloqa vositalarining o’zaro mu nosabati tushuniladi. «Til muhiti» atamasi ko’proq ma’lum bir hudud yoki bir davlat miqyosidagi muloqotni ta’mishyuvchi nutiy hodisalarning (tillar, hududiy lahjalar, mahalliy shevalar) jami sifatida ishlatiladi. Til muhiti murakkab yoki sodda bo’lishi mumkin.
Oddiy til muhiti, ya’ni bir tilning adabiy va lahja shakllaridan bir vaqtda foydalanish bilan, murakkab muhit esa polilingvizm - ko’ptillilik (eng ko’p tarqalgan holatlari - ikki tillilik, bilingvizm) bilan xarakterlanadi.
Ko’plab Osiyo, Afrika, Amerika va Yevropa mamlakatlarvda murakkab til muhitlari ko’zga tashlanadi Masalan, Xitoyda turli tillarda so’zlashuvchi 50 elat yashaydi. Bu yerda tibet, uyg’ur, mo’g’ul va koreys yozuvlari paytda qo’llanadi. Bundan tashqari, yana 16 ta yozuvning loyihasi ham ishlangan. Hindiston favqulodda ko’p tilli mamlakatlar qatoriga kiradi. U yerda 720 til va lahja ro’yxatga olingan. Ularning ko’pchiligida adabiyot rivojlanmoqda. Hindistonning ma’muriy bo’linishida til areallari (tumanlari) inobatga olingan. Hindiston Konstitutsiyasida turli shtatlarda rasmiy hisoblangan eng muhim 14 til qayd etilgan: assom, bengal, maratxi, telegu, urdu, hind va boshqalar. Pokistonda 24 mustaqil til (va ko’plab lahjalar) mavjud bo’lib, ulardan 6 tasi asosiy tillardir: beluji, bengali, panjob, pushtu, sindxi, urdu. Aholisi unchalik ko’p bo’lmagan Nepal davlatida 60 ta til va lahja bor. Indoneziyada 180-200 til iste’molda hisoblanadi. Ular orasida ishdonez tili umumdavlat tili, yavan, sundin, madur va boshqalar esa adabiy til hisoblanadi.
Til muhitini o’rganish ko’p jihatdan, avvalo, til siyosatini to’g’ri amalga oshirish jihatidan nihoyatda muhimdir. Bundan asosiy asosiy maqsad har bir xalq uchun turli tillarning - o’z milliy tili, millatlararo mu-nosabatlar tili, mamlakat (mintaqa)ning asosiy aholisi tili, qo’shni xalqlar tili va hokazo - ijtimoiy vazifalarining amalda taqsimlanishini anikdashdan iborat. Bunda u yoki bu tilni ijtimoiy hayotning turli jabhalarida qo’llanishining real zaruriyati va imkoniyatlarini, ularning samaradorligani, tillar vazifalarining qayta taqsimotida aniq namoyon bo’layotgan tamoyillarni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, bilingvizm va polilingvizm tiplarini, migratsiya jarayonlari faolligani, muayyan mintaqa yoki umuman tegishli mamlakatning til hayotiga turli-tuman tillararo munosabatlarning va aralash nikohlarning ta’sirini belgilash ham jiddiy tadqiqot talab masalalardan hisoblanadi.
SHakllangan til muhitini inobatga olish til siyosatining ishlab chiqish va tadbiq etishda muhimdir. Bu atama ikki ma’noda qo’llanadi:
1) u yoki bu mamlakat, aholi guruhi yoki biron bir partiyaning milliy siyosati tar-kibiy qismi;
2) til taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatish uchun amalga oshirilayotgan maqsadli chora-g’ tadbirlar umumlashmasi.
Ayni paytda bu vazifa jahonning ko’plab davlatlari va mintaqalari uchun birlamchi ahamiyatga egadir. Misol uchun, bu borada avvalo quyidagi muammolar kun tartibiga qo’yiladi: adabiy tillar asoslarini takomillashtirish, bir yoki bir necha hudu-diy lahjalar asosida yagona milliy til me’yorlarini ishlab chiqish, yanga alifbolar yaratish, grammatikalar yozish, lug’atlar, turli ilmiy asoslangan atamalar sohasida izlanishlar, yozma adabiy tilning (xususan, badiiy adabiyot tilining) xilm- xil zamo-naviy janrlarining rivojlanish yo’llari va choralarini ko’rish va boshqalar.
Til siyosati har qanday mamlakatning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotiga katta ta’sir ko’rsatadi. Uning samaradorligi ko’plab omillarga bog’liq. Masalan, u yoki bu mintaqalardagi milliy to’qnashuvlar. Holbo’qi, yaqin o’tmishdagi tarixiy tajriba til siyosatini amalga oshirishda dastlabki rejalar hamisha ham nizolarsiz amalga oshavermasligidan dalolat berib turibdi. O’z vaqtida Hindistonda o’tkazilgan til siyosatida millatning mohiyati haqidagi noto’g’ri tasavvurga tayanilgan. Uning bosh belgi-si sifatida faqatgina din tan olingan. Bunday holat oqibatida Hindiston va Pokistonning talay aholisi ikkita millatga tegishli hisoblangan: hindistonliklar yagona tilga ega bo’lishi shartligi sababli, Hindistondagi ko’plab milliy tillarning biri bo’lgan hind tili davlat tili deb e’lon qilindi. O’z-o’zidan bu hol hind tili ona tili bo’lganlarga imtiyozlar berib, jamiyatda keskin qarama-qarshiliklarni yuzaga keltirdi va oqibatda ingliz tilining ahamiyatini oshirib yubordi.
Muayyan mamlakatdagi til muhiti uning ijtimoiy-siyosiy va milliy-irqiy vaziyatining, til siyosati esa - ichki siyosatining ajralmas tarkibiy qismidir. Til muhiti va til siyosatining umumiy tavsifi, odatda (masalan, xorijiy SHarqda), til umumlashmalarining (ya’ni tillarning funktsional taqsimoti va ularning taraqqiyot shakllari) qanday va qaysi aniq jabhalarda foydalaiishiga ko’ra belgilanadi. Bunda ular quyidagi turlarga bo’linadi:
1) irklararo (ko’p millatli mamlakat etnoslari orasidagi muloqotni ta’minlov-chi) yoki umumdavlat (bir millatli mamlakat jamoalari muloqotida qo’llanadigan);
2) mintaqaviy (irqlararo yoki mamlakat hududining bir qismida nutqiy jamoalar muloqoti yoki aloqasida qo’llanadigan);
3) mahalliy (faqat irq ichidagi munosabat yoki nutqiy jamoa aloqasini ta’minlovchi vosita hisoblanadigan).
SHuningdek, kasbiy til umumlashmalari (shu jumladan, fan tillari ham) va ba’zi toifalarga xizmat qiluvchi diniy tillar (masalan, korin, islom, budtsizm, induizm va b.q.) ajratib ko’rsatilishi mumkin. Lisoniy umumlashmalar (til muhiti a’zolari) qo’llanish doirasiga ko’ra farqlanadi. Misol uchun, elatlararo til elatlararo munosabatning barcha sohalarida qo’llaniladi, mahalliy til esa kishilarning kundalik o’zaro muloqotida ishlatiladi.
Hozirda jahon mamlakatlaridagi (masalan, xorijiy SHarq mamlakatlarida) til muqitlarining xilma-xilligi bir necha tiplarga biriktirilishi mumkin:
1. Yagona millatli mamlakatlardagi til muhiti. Bunda milliy tilning turli shakllari uning tarkibiy qismlari sifatida baholanadi (buning o’ta sodda ko’rinishi adabiy til va hududiy lahjadir. Masalan Koreya va Yaponiyadagi til muhitlari). Murakkabroq muhit ko’rinishi quyidagicha bo’lishi mumkin adabiy (asosan yozma) tillar va lahjalar bilan bir qatorda hududiy lahjalar muomalasini ta’minlovchi "ustlahjaviy" yoki lahjalararo til (koyne) faoliyat ko’rsatadi (masalan, har bir arab mamlakati ichida rasmiy muloqot- yozma yoki og’zaki— adabiy arab tilida, norasmiy og’zaki muloqot lahjaviy koyne, mamlakat tumanlaridagi og’zaki so’zlashuv esa hududiy lahjalarda olib boriladi).
Bir millatli davlatlardagi til muhiti avvalo me’yorlashtirilgan (adabiy) va me’yorlashtirilmagan tillar mavjudligi bilan tavsiflanadi; ular turlicha ijtimoiy nufuzga ega; ammo yuksak nufuzga ega har qanday milliy adabiy til bilan bir qatorda, lahjalarda ham nihoyatda nufuzli bo’lgan holatlar uchraydi (xitoy tilining shimol, janub, sharq va g’arb lahjalari keng tarqalgan hududlaridagi lahjalararo til, arab mamlakatlaridagi koyne - Misr va Jazoir lahjalari bunga misol bo’la oladi). Bir millatli mamlakatlarda bir necha tilning bir paytning o’zida mavjudligi izchil diglossiyaga sabab bo’ladi.
2. Bir millatli mamlakatlardagi til muhitiga ko’p millatli mamlakatlardagi bir necha xil lisoniy muhitlar qarshi qo’yilishi mumkin. Birinchi tipda elatlararo muloqot vositasi rolini tub aholi (avtoxton) tillarining biri bajaradi. Bu til xuquqiy maqomga ega bo’lmasa-da, rasman tan olingan bo’ladi; Til muhitining bu tipi bir necha ko’rinishga egaki, ular elatlararo muloqot tilining tarqalish darajasiga, bu tilda so’zlashuvchilar soniga va nihoyat, ular bilan boshqa tilda so’zlashuvchilar o’rtasidagi nisbatga ko’ra ajralib turadi. Qiyoslang: Vьetnam aholisining 87,2% va boshqa etnos vakillari so’zlashadigan vьetnam tili Malayziyada malayziya tilidan ko’proq tarqalgan (aholining bor-yo’g’i 43%). Ayrim mamlakatlarda etnos soni uning tilining tarqalish darajasidan dalolat bermaydi (masalan, Indoneziyada indoneziya tilida ona tili sifatida 8 mln. malaylar gaplashadi va bu tilni jami 50 mln. kishi turli darajada tushunadi, indoneziyaliklarning ko’pchilik qismi esa yavan tilida gaplashadi (yavanlar 67 mln.).
Bundan tashqari, avtoxton tilli bir qancha til muhitlarining yana bir necha turi mavjud:
1. Millatlararo muloqot son jihatdan ko’pchilikni tashkil topl etuvchi etnos tili yordamida amalga oshiriladigan mamlakatlardagi til muhitlari (bunga quyidagi mamlakatlar misol bo’lishi mumkin: Suriya - 90% arablar, 6,2% qurdlar, Livan-arablar 93,2%, armanilar 5,3%, Birma - birmanlar 75,5%, karenlar 8,2%, Vьetnam - 87,2% taylar 1,6% va boshqalar).
2. Elatlararo muloqot tili yirik etnoslardai birining tiliga mos keladigan mamlakatlardaga muhit (masalan, Malayziyada malaylar 4,3%, xitoylar 33,7%, hindlar 8,7%). Bunda mazkur til bir qator qarindosh tillarga xizmat ko’rsatadigan (masalan, Hindistonda hindistonliklarning ma’lumotga ega, adabiy hind tilidan foydalanuv-chilar - 28,2%, bengallar 8,8%, maratxilar 8%, telugular 8,6%, tamillar 69% va b.q.) adabiy tilga mos keladi.
Qayd etilgan lisoniy muhitlar quyidagi o’ziga xosliklarga ega:
a) sobiq metropoliya tili ularning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi (Malayziya, Filippin, Hindistonda ingaiz tili, Jazoir va Marokashda frantsuz tili);
b) funktsional jihatdan avtoxton va G’arbiy Yevropa tillari teng emas. Bu hol muloqot sohalaridagi taqsimlanishda ko’zga tashlanadi (G’arbiy Yevropa tili jamiyatning oliy tabaqalarida, ya’ni davlat apparatida, rasmiy ish yuritishda, oliy maktabda, ommaviy axborot vositalarida; avtoxton til esa ma’naviy - oqartuv faoliyatida, an’anaviy fanda, boshlang’ich va o’rta maktabda);
v) avtoxton va o’zlashgan tillar hamda ularning amaldagi funktsional jihatlari, huquqiy maqomlari o’rtasida farq mavjud (masalan, bir qator mamlakatlarning konstituttsiyalariga muvofiq avtoxton tillardan biri davlat tili deb e’lon qilingan: Filippinda - tagal, Hindistonda hind tili; ammo ikkinchi davlat tili sifatida vaqtinchalik yoki muddati belgilanmasdan G’ar-biy Yevropa tili e’lon qilingan).
3. Elatlararo munosabatlar vositasi sifatida kamchilik aholi tili qabul qilingan mamlakatlardagi til muhiti (masalan, Indoneziyada, Filippinda, Pokistonda aholining 22,3% ga indoneziya, 5,5% ga tagal va 10% ga urdu tillari ona tili hisoblana-di). Ko’rsatilgan lisoniy muhitlarni bir tipga qo’shganda sezilarli farqlar ko’zga tashlanadi (misol uchun Indoneziyada indonez tili golland tilini ta’limdan siqib chiqardi, Filippin va Pokistonda bir pa-tning o’zida ingliz, tagal va urdu tillari qo’llaniladi).
Til muhitiga davlatning til siyosati ta’sir ko’rsatadi. Ko’p millatli mamlakatda til siyosati avvalo elatlararo muloqot tilini tanlash va singdirish masalasiga duch keladi. Bunday til bir necha xususiyatga ega: 1) kommunikativ (millatlararo va umumdavlat muloqot vositasiga ehtiyoj); 2) siyosiy (umumdavlat va millatlararo muloqot uchun G’arbiy Yevropa tili o’rniga avtoxton tilni tanlash; davlatning rasmiy til siyosatidaga izchillik); 3) mafkuraviy (mafkuraning umumdavlat va millatlararo til tanlanishiga ta’siri. Bu, birinchidan, shunday rolga u yoki bu din tilini ilgari surishda; ikkinchidan, mamlakatning rahbar doiralarining avtoxton tillardan biri yordamida har xil tilli etnoslarning madaniy-siyosiy birligini mustahkamlashga intilishida namoyon bo’ladi); 4) ijtimoiy (G’arbiy Yevropa tilidan asosan mulkdor sinflar va ma’lumotli elita tomonidan foydalanish).
Umumdavlat tili yordamida madaniy-siyosiy birlikka erishish muammosi bir necha xil yechimga ega:
1) bu vazifa uchun avtoxton tillarning biridan foydalanish (masalan, Indoneziyada yagona rasmiy til yordamida madaniy-siyosiy birlik mustahkamlanmoqda); bu vazifani hal qilishda G’arbiy Yevropa tilidan foydalanish (etnik jihatdan turlicha bo’lgan mamlakatlar uchun masalaning yolg’iz bir yechimi, odatda, mahalliy tillarning keng tarqalmaganligi SHarqqa xos bo’lmasdan, ko’proq Tropik Afrika mamlakatlariga xosdir);
2) rasman hujjatlashtirilib, davlat tillari sifatida G’arbiy Yevropa tili va avtoxton tillaridan foydalanish. Ammo faqat G’arbiy Yevropa tiligina amalda mamlakat madaniy-siyosiy birligini yuzaga keltiradi (misol uchun hind tili davlat tili deb e’lon qilingan Hindistonda, dravit tili janub va bengal xalqlari qarshiliklari sababli birlashtirish vazifasini bajarmayapti). Biroq, shu bilan birga, ingliz tilida davlat ichida integratsiya omilli sifatida foydalanish hindlarning milliy g’uro’rini kamsitmoqda;
3) G’arbiy Yevropa va avtoxton tillardan davlat tillari sifatida foydalanish. Ammo bu ular o’rtasidagi integratsiyalashtiruv vazifalarining taqsimlanishini taqozo etadi (masalan, Filippinda).
Jahonda hozirda namoyon bo’layotgan muhim lisoniy ijtimoiy-siyosiy muammo, avtoxton tillarni me’yorlashtirish va modernizatsiyalash, ularni rasmiy va elatlararo muloqot vositasiga aylantirish muammosidir. Bu tillarni jadal rivojlantirish, boyitish va me’yorga solish, adabiy tillarni demokratizatsiyalash choralarini talab etmokda.
SHunday qilib, ko’p millatli va ko’p tilli davlatlardagi til siyosati milliy masalani hal qilishning u yoki bu yo’lini aks ettiradi. SHuning uchun uning muayyan dasturlarida nafaqat davlatning lisoniy tadbirlarni amalga oshirish vositasida jamiyatda to’siqsiz kommunikatsiyani ta’minlashga, balki qator mafkuraviy va siyosiy masalalarni hal etishga intilishi ham namoyon bo’ladi. SHundan kelib chiqib, barcha til muhitlari xilma-xilligini, masalan, ulkan Afro-Osiyo mintaqasida, quyidagi tiplarga jamlash mumkin:
1) Bir millatli mamlakatlardagi til muhitlari (Koreyaga o’xshash). Bunda gap har xil tillarning ijtimoiy-funktsional nufo’zi va nisbatan tarqalganligi haqida emas, balki bir milliy tshshing turli shakllari haqida bormoqda (lahjalar, shaharlardagi xalq so’zlashuv tili, adabiy til). Ular shakllarining raqobat munosabatida etnoslar ierarxiyasi emas, balki aholining ijtimoiy guruhlari o’rtasidagi munosabatlar aks etadi.
2) E’tiborga molik etnolingvistik bir xillik mavjul bo’lgan mamlakatlarlagi til muhitlari (Indoneziyaga o’xshash). Bunda umumdavlat muomala vositasi sifatida (ya’ni makrovositachi til) milliy ozchilik tili qo’llanadi (malay hamda suaxili tiliga borib taqaluvchi indonez tili).
3) Son jihatidan yetakchi bo’lgan etnik jamoa mavjud bo’lgan mamlakatlardagi til muhitlari (Vьentam, Birma, Kampuchiya, Laos va boshqalarga o’xshash). Bunda til makrovositachiga aylanadi va eng muhim muloqot sohalarida aloqani ta’minlaydi. Boshqa etnoslar tillari ham qo’llanishi va rivojlanishi mumkin, ammo, odatda, ular ichki etnik muammolalar sohalariga xizmat qiladi.
4) Yirik etnik jamoalar yashaydigan mamlakatlardagi til muhitlari (Hindiston, Malayziya). Ularda umumiy qabul qilingan va o’ta nufuzli til belgilanmaydi. Bu yerda turli etnoslarning tillari makrovositachi til maqomi uchun raqobatlashadi. Bu mintaqalarda lisoniy jarayonlar sof ko’rinishda namoyon bo’lmasdan, ular muhim, ba’zan esa hal qiluvchi turli etnik, ijtimoiy-siyosiy hamda mafkuraviy xarakterdagi holatlar bilan murakkablashadi.
Va nihoyat, yuqorida aytilganlarga qo’shimcha tarzda,jahon hamjamiyatining doimiy diqqat markazida to’rgan O’zbekistonning mustaqil taraqqiyotidagi o’n yillik tajribaga ham nazar tashlash mumkin. Mamlakatning tanlagan tarixiy yo’lidaga sobitqadamligi, kengqamrovli rejalari va dastlabki hayratomuz muvaffaqiyatlari siyosatchi va tadqiqotchilarni davlatchilikshshg bu qadar optimal modeli ildizlarini axtarishga undamoqtsa.
Bu ma’noda O’zbekistonning til siyosati xalqaro miqyosda yuksak baholandi. Dastavval millatlararo munosabatlar borasida. Bu o’rinda rossiyalik mashhur siyosatchi, akademik A.N,Yakovlevning kuyidaga fikriga murojaat etilsa yetarli bo’ladi, deb o’ylaymiz: "O’zbekistovda o’zga tillilarga, xususan rus tilli aholiga munosabat yuksak madaniyatga asoslanganki, bu sobiq sovet respublikalarida kam uchraydigan holdir. Islom Karimov, sog’lom fikrli inson sifatida, milliy masaladagi har qanday o’yinlar faqat qon to’qilipshga, ko’p yillik nafrat urug’ini sepishga olib kelishini juda yaxshi tushundi. O’zga millatlarga yuqoridan turib nazar tashlash mahalliy, tub millatning o’zini kamsitadi. Dunyodaga millatchilik kasali sharoitdda buni anglab yetish nihoyatda qadrlidir".
Oqibatda, bugunga kelib O’zbekistonda, millatlar va elatlar o’rtasidagi aloqalarning kuchayib borishi sharofati bilan (bunga millatlararo munosabatlar vosit-si sifatida davlat tilining ta’siri oshib bormokda) yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ztno-ijtimoiy birlik, mustaqil davlat uchun kishilarning o’ziga xos umumlashmasi - O’zbekiston xalqi shakllangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |