Personal ish sifatini baholash — xodimlarning egallab turgan xizmat vazifalariga loyiqlik darajasini aniklash.
Personalga rahbarlik — personalni bevosita rahbarlar — bo’lim rahbarlari tomonidan boshqarish.
Personalni nazorat qilish — ishlab chiqarish nazorati tizimi-dan foydalangan holda rahbariyat qarorlari va ishlab chiqarish topshiriqlari ijrosi nazoratini amalga oshirish.
Personalni boshqarishning asosiy maqsadi korxona personalini shakllantirish, rivojlantirish va uning salohiyatidan eng samarali ravishda foydalanishdan iboratdir. Bu — korxona har bir xodimi bilan olib borilayotgan ishni muttasil yaxshilab borish orqali uning o’z mehnat va ijodiy qobiliyatini oshirib borishiga erishish va bu qobiliyatidan korxona maqsadlariga erishish uchun iloji boricha to’la foydalanishni ta’minlash demakdir.
Bu 1.3- rasmda o’z ifodasini topgan.
Personalni boshqarish kontseptsiyasi korxona xodimlar salohiya-tini shakllantirish va rivojlantirish bilan o’zaro bog’liq bo’lib, quyidagicha tabaqalanadi:
Xodimlar salohiyatini shakllantirish — bu personal mehnat munosabatlarini personalni boshqarish xizmati tomonidan belgilangan tartib-qoidalar asosida tashkil etishdir. Mazkur kategoriya boshqaruvning barcha funktsiyalari (masalan, investitsiya menejmenti va personalni boshqarish, ishlab chiqarish menejmenti va personalni boshqarish) o’rtasidagi aloqadorlikni bog’lovchi jarayonlarni anglatadi. Bunda bog’lovchi jarayonlar sifatida kommunikatsiyalar va boshqaruv qarorlari namoyon bo’ladi.
Korxonaning maxsus funktsiyalari aniq menejment: ishlab chikarish, moliyaviy, sayyohlik, munitsipal, innovatsiya, investitsiya menejmentlarining o’ziga xos xususiyatlarini belgilaydi. Perso-nalni foshqarish (personal menejmenti) esa barcha funktsiyalarga taalluqlidir. Chunki bu funktsiyalarning har birini ijrochi — boshqaruv personalisiz tasavvur etib bo’lmaydi.
Yuqoridagilar 1.4- rasmda o’z aksini topgan.
1.4- rasm. Personal menejment tizimida.
Personalni boshqarish jarayonida ishtirok etuvchilar (1.5-rasm)ning har biri o’z manfaatini ko’zlab ish tutadi.
Davlat eng avvalo, jahon bozorida raqobatbardosh bo’lgan bozor xo’jaligi ish yuritishi to’g’risida g’amxo’rlik qiladi. Bozor xo’jaligi ijtimoiy mahsulotni ko’paytirib, farovonlikni, aholiga mahsulot yetkazib berishni, ish o’rinlari bilan ta’minlabgina qolmasdan davlat sarf-xarajatlarini qoplaydigan soliq to’lovchi hamhisoblanadi. Shu bilan bir qatorda davlat hamisha narxlar barqarorligi (pulning qadrsizlanishiga qarshi kurash) va ijtimoiy totuvlik (masalan. mehnat nizolari. bo’lmasligi) to’g’risida g’amxo’rlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |