Nutqiy buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablar orasida ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) omillar asosiy rol o’ynaydi. Bundan tashqari (anatomik-fiziologik, morfologik), funktsional (psixogen), ijtimoiy-psixologik (atrof-muhitning salbiy ta’siri), psixonevrologik (psixik funktsiyalarining buzilishi (aqli zaiflik, xotira yoki diqqatning buzilishi va boshqalar) sabablarning ham ta’siri sezilarli bo’ladi. Ekzogen-organik omillar sirasiga: bolaning markaziy nerv tizimi va uning organizmiga salbiy ta’sir etuvchi omillar (infektsiya, jarohatlar, intoksikatsiya), turli akusherlik patologiyalari (bel torligi, tug’ilishning cho’zilib ketishi yoki tez sodir bo’lishi, yo’ldoshga o’ralib qolishi, bolaning noto’g’ri joylashishi va boshqalar), malakali akusherlik yordamining ko’rsatilmasligi, chala tug’ilish kabi holatlar sabab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |