Nutqida nuqson bo’lgan o’quvchilarni korrektsion o’qitish. Nutqiy buzilishlar sabablari va ularning turlari. Nutq – faqatgina insonga xos bo’lgan muhim psixik funktsiyadir. Nutqiy munosabatlar yordamida shaxs ongida borliqni aks ettiruvchi bilimlar doimiy ravishda to’ldirilib va boyitib boriladi. Nutqiy nuqsonlarni o’rganish, oldini olish va korrektsiya bilan korrektsion pedagogika (defektologiya)ning muhim sohasi - logopediya (yunoncha logos – so’z va paideia - tarbiyalash) shug’ullanadi. Patogen omil ta’sirida yuzaga kelgan nutqiy buzilishlar o’z-o’zilan yo’qolmaydi va u maxsus tashkil etilgan korrektsion-logopedik choralarsiz bolaning keyingi rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |