5.Akadеmik litsеy va kas-hunar kоllеjining davlat ta’lim standartlari
Davlat ta’lim standartlari Davlat ta’lim standarti O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritilgandan so‘ng yaratildi. DTS O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g’risida” gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi” normativ hujjatlari asosida yaratilgan.
Standart - o‘lchov, andoza, qolip, mezon ma’nosini beradi. DTS ta’limning mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
DTS ta’lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarining sifatiga qo‘yiladigan minimal darajadagi talabni aniqlaydi.
DTS larni bajarish O‘zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |