1-modul: Pedagogikaning metodologik asoslari



Download 1,02 Mb.
bet215/447
Sana24.01.2022
Hajmi1,02 Mb.
#407806
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   447
Bog'liq
Yangi majmua

YUsuf Xos Hojib

YUsuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asarida inson kamoloti masalasi markaziy masala bo’lib hisoblanadi. Mazkur asarda insonning jamiyat va hayotda tutgan o’rni, burch va vazifalari haqidagi muammolar o’ziga xos tarzda bayon etiladi.

Mutafakkir o’zining axloqiy qarashlarini, ya’ni, ijtimoiy munosabatlar, jamiyat a’zolarining barcha tiplari o’rtasidagi axloqiy munosabatlarni amaliyotga tayangan holda yoritadi. Bu axloqiy, xulq-odob tamoyillari, talab va vazifalari butun asar davomida qahramonlarning o’zaro munosabatlari asosida ifodalangan. Unda Elig (xon), uning vakillari, ijtimoiy guruhlarning o’zaro munosabati, axloqi, muomalasi talablari bayon etiladi, turli kasb egalariga xos xislatlar, odatlar yoritiladi.

Asarda ilgari surilgan axloqiy xislatlar mohiyatining to’laqonli ochib berilishi olimning ta’lim-tarbiya, axloq masalalarini qay darajada chuqur bilganligidan dalolat beradi: insoniylik, rostgo’ylik, to’g’rilik, soflik, mehr-muhabbat, vafo, shafqat, muruvvat, insof, adolat, ishonch, sadoqat, xushmuomalalik, shirinso’zlik, saxovat, mardlik, himmatlilik, tavoze, hurmat va ehtirom, tadbirkorlik. Aql zakovat, halollik, ezgulik kabi xislatlar ulug’lanadi, ularga yolg’onchilik, noinsoflik, fisqu fasod, bevafolik, mehrsizlik, dag’allik, qo’pollik, baxillik, nomardlik, quvlik, hurmatsizlik, nodonlik, johillik, haromxo’rlik, ochko’zlik kabi xislatlarni qiyoslab, ezgu xislatlarning yaxshi oqibatlari va salbiy xususiyatlarning yomon oqibatlarini misollar vositasida ishonarli qilib bayon etadi.

Buyuk ma’rifatparvar Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yohud axloq” asarida axloq “insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilmdur”, - deydi. Aynan axloq, uning ijtimoiy ahamiyati haqida ma’lumot beruvchi mazkur manbada alloma yaxshi va yomon xulqlarga to‘xtalib o‘tadi. 53

Allomaning nuqati nazaricha, yaxshi xulqlar quyidagilardan iborat: fatonat (aql), diyonat (e’tiqod), nazofat (poklik va tozalik), g’ayrat, riyozat (savob ishlar), qanoat, shifoat, ilm, sabr, hilm (yumshoq tabiat) intizom, nafs me’yori, vijdon, vatanni suymak, haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, hayo, idrok va zako, hifzi lison (til va adabiyot), iqtisod, viqor (g’urur), muhabbat, avf (kechirimli bo‘lish). Bu xislatlar ma’naviy-axloqlilikning asosiy sifatlari sanaladi. Ular asosida Vatanga muhabbat va sadoqat, mehnatga axloqiy munosabat, o‘z atrofdagilarga axloqiy yondashuv, shuningdek, har bir o‘quvchining o‘zi va shaxsiy xulq-atvoriga munosabatni qaror toptiriladi.

Abdulla Avlniy yomon xulqlar sirasiga quyidagilarni kiritadi: g’azab, aysh-ishrat, jaholat, safohat (umri va molini bekorchi narsalarga sarf etish), hamoqat (o‘zbilarmonlik, manmanlik), adolat (dangasa, yalqov), hasosat (ta’ma, hirs), rahovat (g’ayratsizlik), anoniyyat (xudbin, mutakabbir, manman), adovat (kek saqlash), namimat (chaqimchilik), g’iybat, haqorat, jibonat (qo‘rqoqlik), hasad, kizb (yolg’on), nifoq, ta’ma, zulm va boshqalar.



    1. Download 1,02 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   447




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish