Ma’naviyat va ma’rifat – davlat siyosatining ustuvor yO‘nalishi.
Mustaqillik yillarida tarixiy xotira, moddiy va ma’naviy merosimizning tiklanishi. 3.Mustaqillik yillarida madaniy hayot.
Istiqlol yillarida jismoniy tarbiya va sport ravnaqi.
O‘zbekistonda xalqaro va ichki turizmni rivojlantirish istiqbollari.
Tayanch iboralar.
Qadriyat. Milliy qadriyatlar. Madaniy meros. Mafkura. „Shahidlar xotirasi“. ”Xotira va qadrlash kuni“. “Navroʻz”. “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi. „Oltin meros“. Davlat tili. Milliy istiqlol gʻoyasi. Xorazm “Ma’mun akademiyasi”. Ma’rifat markazi. “Oʻzbeknavo”. “Asrlarga tengdosh navolar“. “Boqiy ovozlar”. “Oʻzbekiston – Vatanim manim”. “Sharq taronalari”. Xunarmandchilik, Baxshichilik festivali. “Umid nihollari”. “Sogʻlom avlod”. “Universiada”. Milliy olimpiya qo‘mitasi. O’zbek kurashi. Ekoturizm.
Adabiyotlar
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: ―O‘zbekiston. 2019.
Karimov I.A. Istiqlol va ma‘naviyat. -T.: ―O‘zbekiston. 1994.
Karimov I.A. Tarixiy xotirisiz kelajak y o‘q. -T.: ―Sharq, 1998.
Karimov I.A. O‘z kelajagimizni O‘z qO‘limiz bilan qurmoqdamiz. -T.: ―O‘zbekiston.
1999.
Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. 8-j. -T.:
―O‘zbekiston. 2000.
Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. –T., ―Ma‘naviyat, 2008.
Karimov I.A. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatani shakllantirish mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir. 19 j. -T.: “O‘zbekiston”. 2011.
Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat‘iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. Asarlar 1-jild. -T.: ―O‘zbekiston. 2018.
Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. Asarlar 2-jild. -Т.: ―O‘zbekiston. 2018.
Mirziyoyev Sh.M. Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon
bo‘ladi. Asarlar 3-jild. -Т.: ―O‘zbekiston. 2019.
Mirziyoyev Sh.M. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. Asarlar 4-jild. -Т.:
―O‘zbekiston. 2020.
Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. -T.: ―O‘zbekiston. 2021.
Иброҳимов А. Бизким ўзбеклар ... . -Т.: ―Шарқ, 2011.
Ma’naviy tahdidlar va unga qarshi kurash yo’llari (metodik qo‘llanma). V.F.Lafasov va boshq. –T.: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashryoti. 2010. 112 b.
Мустақиллик: изоҳли илмий-оммабоп луғат / Абдуллаев М., Абдуллаева М., Абдуллаева Ф. ва бошқ. -Т.: ―Шарқ. 2006
Эргашев Қ., Ҳамидов Ҳ. Ўзбекистон тарихи. Ўқув қўлланма. -Т.: ―Фан ва технология. 2019. 796 б.
Ўзбекистоннинг энг янги тарихи хрестоматияси. / Масъул муҳаррир Н.Талипова.
–Т., ―Fan va texnologiya. 2014. 328 б.
Ўзбекистон тарихи (Олий ўқув юртининг номутахассислик факультетлари талабалари учун дарслик). -Т.: ―Янги аср авлоди. 2003.
Ўзбекистоннинг янги тарихи. Учинчи китоб. Мустақил Ўзбекистон Республикаси.
-Т.: ―Шарқ. 2000.
Ma’naviyat va ma’rifat – davlat siyosatining ustuvor yO‘nalishi.
Har qanday jamiyat taraqqiyoti, uning darajasi fuqarolar ma‘naviyati, turmush tarzi, kishilarning ma‘naviy-moddiy, ijtimoiy ehtiyojlari hamda ularning qay darajada qondirilishiga bog‘liq. Mustaqillik davrida tarixan qisqa muddat ichida mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma‘naviy-ma‘rifiy va tarbiyaviy mafkuraviy sohalarda ulkan O‘zgarishlar rO‘y berdi.
Ma‘rifiy-ma‘naviy islohotlar davlat siyosatining asosiy ustuvor yO‘nalishiga aylandi. Joylarda ma‘naviyat bilan bog‘liq tadbirlarning amalga oshirilishi uchun butun mas‘uliyat hokimlar, vazirliklar, idoralar, tashkilotlarning birinchi rahbarlari zimmasiga yuklatildi. Ma‘naviyati yuksak millat va davlatning kelajagi buyuk bO‘lishi mumkinligi omma ongiga singdirildi. Tarixiy, madaniy-axloqiy, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlarga jamiyatni poklantiruvchi, kelajakni ma‘naviy jihatdan mustahkamlovchi omil, deb qarala boshlandi.
Mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Karimov qayd etganidek, mustaqillik davrida bajarilishi lozim bO‘lgan eng ustuvor vazifa ―xalqimiz orasida katta ma’rifiy-amaliy ishlarni olib borib, milliy mafkuramizga kuch-quvvat beradigan, uni yangi-yangi marralar sari safarbar etadigan, keng ommaga ta’sir O‘tkazishga, xalqni O‘ziga tarafdor etishga xizmat qiladigan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy manbalarni tO‘g‘ri belgilab olishdir" (Karimov I.A O‘z kelajagimizni O‘z qO‘limiz bilan qurmoqdamiz. -T.: O‘zbekiston, 1999. B. 16.) .
Darhaqiqat, mustaqil O‘zbekistonda ma‘naviyat sohasidagi vazifalar ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy barqarorlik sharoitida muttasil ravishda bajarib kelinmoqda. Chunonchi, istiqlolning dastlabki yillarida jamiyat ma‘naviy hayotidagi bosh vazifa – eskicha fikrlash sarqitlarini bartaraf etish bO‘lgan bO‘lsa, ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi bosqichidagi eng muhim vazifa erkin fuqarolik jamiyatining ma‘naviyatini shakllantirish. Bir sO‘z bilan aytganda, ozod, O‘z haq- huquqlarini yaxshi taniydigan, boqimandalikning har qanday kO‘rinishlarini O‘zi uchun or deb biladigan, O‘z kuchi va aqliga ishonib yashaydigan, ayni zamonda O‘z shaxsiy manfaatlarini xalq, Vatan manfaatlari bilan uyg‘un holda kO‘radigan komil insonlarni tarbiyalashdan iborat bO‘ldi.
Ma‘naviyat jamiyat a‘zolarini ruhan poklantiruvchi, ma‘nan yuksaltiruvchi, inson ichki dunyosiga, irodasiga kuch-quvvat beruvchi, millat vijdonini uyg‘otuvchi va doimiy harakatdagi kuchdir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta‘biri bilan aytganda, yangi asr bO‘sag‘asida ma‘naviyat sohasidagi strategik maqsadimiz ―milliy qadriyatlarimizni tiklash, O‘zligimizni anglash, milliy g‘oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma’naviy hayotimizdagi O‘rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlangan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga kO‘tarish va ta’sirchanligini kuchaytirishdir" (Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. 8-j. -T.: O‘zbekiston, 2000. B. 24).
Do'stlaringiz bilan baham: |