1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida



Download 1,27 Mb.
bet63/117
Sana16.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#377347
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   117
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22 (1)

Maishiy xizmat. Mustaqillik sharofati bilan aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish sohasi rivoj topdi. Maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari to‘liq xususiylashtirildi, maishiy xizmat bozori vujudga keldi. 2002-yil 1-avgust holatiga ko‘ra respublikamizda 63 mingdan ortiq xususiy- maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari vujudga keldi. Ularda 135 ming xizmatchi aholiga maishiy xizmat ko‘rsatmoqda. Buyurtmachilarning takliflariga binoan ularning uylariga borib xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

Qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta‘minlash dasturi ishlab chiqildi. Dasturni amalga oshirish borasida ko‘rilgan tadbirlar natijasida 1991-2007-yillarda 36 ming

kilometr suv quvurlari va 72 ming kilometr gaz tarmoqlari ishga tushirildi. Bu ko‘rsatkichlar

1991-yilga qadar erishilgan natijalarga nisbatan tegishli ravishda 2 va 4 baravar ko‘p demakdir.

Istiqlol yillarida qishloq aholisining tabiiy gaz bilan ta‘minlanishi darajasi 17 foizdan 78 foizgacha, ichimlik suvi bilan ta‘minlanishi esa 52 foizdan 77 foizgacha o‘sdi.

Aholi uchun uy-joylar qurish ham rivojlandi. 1991-2000-yillarda 70 million m2 turar joy binolari qurilib, foydalanishga topshirildi.

Ma‘lumki 2017 yildan boshlab davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari xodimlari uchun “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan g‘oya ular faoliyatining bosh mezoniga aylandi. Davlat xodimlari, avvalo, birinchi rahbarlar faqat kabinetda O‘tirmasdan, joylarga borib, aholini bezovta qilayotgan eng dolzarb muammolarning amaliy yechimi bilan shug‘ullana boshladi.

Shu ma‘noda 2017 yil xalq bilan yaqindan muloqot qilish, uning dardu tashvishlari,



hayotiy muammolarini samarali hal etish bO‘yicha yangi tizim yaratilgan yil bO‘ldi.

Bu tizimning asosi bO‘lgan O‘zR Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashning O‘ziga xos demokratik instituti sifatida amalda O‘zini oqlamoqda.

Qisqa muddatda ana shu qabulxonalarga bir yarim milliondan ziyod fuqaro murojaat qilgani va qancha-qancha odamning yillar davomida hal etilmagan muammolari ijobiy yechilgani O‘zbekistonda xalq hokimiyati nomiga emas, amalda joriy etilayotganini kO‘rsatmoqda. Joylarda rahbarlarning yO‘l qO‘yilgan xato va kamchiliklarni tezlik bilan bartaraf etish yuzasidan shaxsiy javobgarligi kuchaygani mazkur tizimning muhim natijasi bO‘ldi.

2016 yil 22 noyabrda ―2017-2020 yillarda shaharlarda arzon kO‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari tO‘g‘risidagi O‘zR Prezidentining qarori (PQ-2660) qabul qilindi.

Xalqimizning talab va istaklarini inobatga olib, 2017 yildan boshlab mamlakatimizda imtiyozli ipoteka kreditlari asosida arzon uy-joylar qurish loyihasi amalga oshirila boshlandi. Shahar va qishloqlarimizda jami 3,5 million kvadrat metrdan ziyod namunaviy uylar va kO‘p qavatli uy-joylar barpo etildi. Bu raqamni avvalgi yillarga taqqoslaydigan bO‘lsak, 2007 yilga nisbatan 20 barobar, namunaviy uy-joylar qurish dasturi boshlangan 2010 yilga nisbatan 3,5 barobar, 2014 yilga nisbatan esa 2 barobar kO‘p uy-joy qurilganini kO‘ramiz.

2017 yildan yurtimizda keyingi 25 yil davomida birinchi marta aholi uchun arzon, barcha qulayliklarga ega bO‘lgan kO‘pqavatli uy-joylar qurishni boshlandi. 2017 yilning O‘zida 800 ming kvadrat metrdan ziyod ana shunday uy-joylar qurib foydalanishga topshirildi. Birgina Toshkent shahrining O‘zida 2019 yilda 420 ming kvadrat metr kO‘pqavatli uy-joy fondi foydalanishga topshirildi. Bu O‘tgan yilga nisbatan qariyb 3 barobar kO‘pdir.



―Obod qishloq (2018 yil 29 mart (PF-5386) va ―Obod mahalla (2018 yil 27 iyun ( PF- 5467) dasturlari xalqimiz tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi. 2018 yilda bu boradagi qurilish va obodonlashtirish ishlariga 3 trillion sO‘m mablag‘ yO‘naltirildi. Natijada 416 ta qishloq yangicha qiyofaga ega bO‘ldi.

2019 yilda ―Obod qishloq va ―Obod mahalla dasturlari doirasida 479 ta qishloq va ovulda, shaharlardagi 116 ta mahallada keng kO‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari bajarildi. Bunga 6,1 trillion sO‘m yoki 2018 yilga nisbatan 1,5 trillion sO‘m kO‘p mablag‘ sarflandi.

Qishloq joylarda – 17 ming 100 ta, shaharlarda – 17 ming 600 ta, jami 34 ming 700 ta yoki

2016 yilga nisbatan salkam 3 barobar kO‘p arzon va shinam uylar qurildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida keltirilishicha, 2018 yilda mamlakatimizning urbanizatsiya darajasi 35,5 foizni tashkil etadi va hozirdan boshlab zarur choralar kO‘rilmasa, ushbu kO‘rsatkich yaqin kelajakda pasayishi mumkin. Bosh vazir boshchiligida mamlakatimiz aholisining urbanizatsiya darajasini 2030 yilga qadar 60 foizga yetkazish bO‘yicha Davlat dasturi ishlab chiqish uchun shaxsan mas‘ul etib belgilanadi.

Bugungi kunda qishloq joylarda namunaviy uy-joylar qurish dasturlaridan bosqichma- bosqich shahar va posyolkalarda kO‘p qavatli uylar qurishga O‘tilmoqda.

Kam ta‘minlangan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj 5 mingta oilaga, jumladan, nogironligi bO‘lgan ayollarga ipoteka krediti asosida arzon uy-joy sotib olish uchun 116 milliard sO‘mdan ziyod boshlang‘ich badal tO‘lab berildi (Prezident Murojaatnomasidan. 24.01.2020. Qarang. Mirziyoyev SH.M. Asarlar 4-jild. –T.: “O‘zbekiston”. 2020.).

Prezidentimiz ta‘kidlab O‘tganlaridek har qanday mamlakatda bO‘lgani kabi bizda ham kam ta‘minlangan aholi qatlamlari mavjud. Turli hisob-kitoblarga kO‘ra, 2019-2020 yillarda ular taxminan 12-15 % ni tashkil etadi. Bu aholimizning 4-5 millionlik vakillari haqida bormoqda.

2019 yildan ijtimoiy hayot va vaqtli matbuotda kambag‘allik tushunchasi muomalaga kiritilib, ushbu muammoning mavjudligi hukumatimiz tomonidan tan olindi. Kambag‘allikni kamaytirish borasida manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqila boshlandi. Jumladan aholida tadbirkorlik ruhini uyg‘otish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini tO‘liq rO‘yobga chiqarish, yangi ish O‘rinlari yaratish bO‘yicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish boshlandi.

Murojaatnomada Prezidentimiz Jahon banki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan birga kambag‘allikni kamaytirish dasturini ishlab chiqish, bu borada xalqaro meyorlar asosida chuqur O‘rganishlar O‘tkazib, kambag‘allik tushunchasi, uni aniqlash mezonlari va baholash usullarini qamrab olgan yangi metodologiyani yaratish lozimligi ta‘kidlab O‘tildi.

Aholi O‘rtasida ishsizlikni kamaytirish, odamlar va oilalarning daromadini oshirish

borasida 2019 yildan boshlab quyidagi ishlar amalga oshirila boshlandi:

2019 yil uchun bandlikka kO‘maklashishning yangi davlat dasturi tasdiqlandi;

Bu borada ishsizlarni kasbga O‘qitish, ularga huquqiy va boshqa maslahatlar berish hamda

boshqa ijtimoiy yordam usullaridan keng foydalanish;

Xalqimizning hayot darajasini yuksaltirish uchun mehnatga munosib haq tO‘lash tizimini

shakllantirish va aholi real daromadlarini oshirish;

Eng kam oylik ish haqi miqdorini belgilash tartibini qayta kO‘rib chiqish, soliq va boshqa tO‘lovlarning eng kam ish haqi miqdori bilan bog‘liq bO‘lishiga barham berish;

2019 yildan pensiya va nafaqalarni tayinlash va tO‘lash tartibini qayta kO‘rib chiqish, pensiya tizimini tubdan isloh qilish boshlandi. (2018 yildayoq ushbu masala bO‘yicha Prezident farmoni qabul qilingan edi). Farmonga kO‘ra, 2019 yil 1 yanvardan boshlab, ishlaydigan barcha pensionerlarga pensiyalar tO‘liq miqdorda tO‘lana boshlandi.

Shuningdek, pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdorini eng kam

oylik ish haqining 8 barobaridan 10 barobarigacha oshirish bO‘yicha yangi tizim joriy etildi.

Islohotlarning keyingi bosqichida ushbu cheklovlar ham butunlay bekor qilinadi.

Ayni vaqtda nogironligi bO‘lgan bolalar va ularning oila a‘zolarini, boquvchisini yO‘qotganlarni O‘n olti yoshgacha ijtimoiy muhofaza qilish masalasi doimo e‘tibor markazida turdi. Umrini nogiron farzandiga qarash, uni parvarish qilishga bag‘ishlagan onalar uchun alohida ijtimoiy nafaqa turi joriy etildi.

2018 yilda og‘ir turmush sharoitida yashab, ish bilan ta‘minlanmagan xotin-qizlar 13 ming nafardan ziyodni tashkil etgan. 2019 yilda turmush sharoiti og‘ir bO‘lgan 1 ming 600 nafar xotin- qizlarni imtiyozli kreditlar asosida arzon uy-joylar bilan ta‘minlandi.

Ma‘lumki, aholining ijtimoiy farovon hayotini ta‘minlashda, olib borilayotgan islohotlarning samaradorligiga jamiyatda uchrab turadigan korrupsiya va korupsiogen holatlar katta salbiy ta‘sir kO‘rsatadi. Shavkat Mirziyoyev boshliq yangi O‘zbekiston hukumati O‘z faoliyatini boshlagan dastlabki yildan boshlab, jamiyat taraqqiyotiga tO‘siq bO‘luvchi ushbu illatga qarshi keskin choralar kO‘rish yO‘lini tutdi. Xususan, 2017 yilning 3 yanvarida

―Korrupsiyaga qarshi kurashish tO‘g‘risidagi O‘zR Qonuni qabul qilindi. O‘tgan 2-3 yil davomida bu borada juda katta ijobiy O‘zgarishlar amalga oshirildi (korrupsiyasiz sport, korrupsiyasiz meditsina, korrupsiyasiz ta‘lim va x.k.). 2019 yil 27 may – ―O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zR Prezidentining Farmoni (PF-5729) qabul qilindi.

2020 yil 29 iyun – O‘zR.da korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra Korrupsiyaga qarshi kurash Agentligi tashkil etildi.

Uzoq vaqt fuqarolikka ega bO‘lmay kelgan insonlar bugungi kunda O‘zlarini tO‘laqonli O‘zbekiston fuqarolari deb his etmoqda. O‘tgan yigirma besh yilda 482 nafar shaxsga fuqarolik berilgan bO‘lsa, 2020-yilda 50 mingdan ziyod kishi shu huquqqa ega bO‘ldi. Bu esa Birlashgan Millatlar Tashkilotining fuqaroligi bO‘lmagan insonlar sonini kamaytirishga qaratilgan chaqirig‘iga munosib javobdir.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida kO‘chmas mulk sotib olish bilan bog‘liq cheklovlar bekor qilingani tufayli 40 mingdan ortiq fuqaro poytaxt mintaqasida sotib olgan uy-joylarini O‘z nomiga rasmiylashtirish imkoniga ega bO‘ldi.




Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish