1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida


Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalash



Download 1,27 Mb.
bet62/117
Sana16.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#377347
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   117
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22 (1)

Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalash. Davlat budjeti hisobidan aholining kam ta‘minlangan tabaqalarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rildi. Bular jumlasiga pensionerlar, nogironlar, ko‘p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o‘quvchi yoshlar kiradi. 1991-1994-yillarda respublika budjeti hisobidan 30 ta soha va yo‘nalishlar bo‘yicha ijtimoiy himoya, moddiy yordam amalga oshirildi.

Maktab muallimlari, bolalar uylari, maktabgacha va maktabdan tashqari muassasalar tarbiyachilari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, ilmiy, ijodiy va tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat kvartiralari ularga tekin berildi, kvartira haqi va kommunal to‘lovlar sohasida imtiyozlar berildi.

Yolg‘iz pensionerlar turar joy va kommunal xizmatlar uchun haq to‘lashdan ozod etildi, dori-darmonlar va eng zarur mollarni belgilangan meyorda bepul olish va jamoat transportida tekin yurish imkoniyati yaratildi.

O‘quvchi va talaba yoshlarni ijtimoiy himoyalash maqsadida ovqat narxining bir qismini qoplaydigan qo‘shimcha to‘lovlar, maktab oshxonalari va tamaddixonalari xarajatlarining bir qismi budjet mablag‘lari hisobidan qoplandi, jamoat transportida arzon haq to‘lab yurish va boshqa yengilliklar joriy etildi. Nikohdan o‘tayotgan kelin-kuyovlar uchun mebel va gilam mahsulotlari sotib olishning imtiyozli tartibi qo‘llanildi.

1994-yil 24-avgustda “Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid tadbirlar to‘g‘risida” Prezident farmoni e‘lon qilindi. Farmonga ko‘ra, 1994-yil oktabrdan aholini ijtimoiy himoyalash siyosatining asosiy yo‘nalishlariga tuzatishlar kiritildi. Negaki, ilgari faqat respublika budjeti yo‘li bilangina 30 ta turli soha va yo‘nalishlar bo‘yicha ijtimoiy himoya amalga oshirilardi, bu mablag‘larning sochilib ketishiga olib keldi.

1992-1994-yillarda ko‘rilgan chora-tadbirlar yalpi ijtimoiy himoyalashga yo‘naltirilgan bo‘lib, yordamga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashda to‘la samara bermayotgan edi.

1994-yilda ijtimoiy himoyaning asossiz tenglashtirish tizimidan aniq maqsadli va aholining aniq tabaqalarini qamrab oladigan tizimga o‘tildi. Mahalla orqali bolalar, keksalar va kam daromadli oilalarga moddiy yordam beriladigan bo‘ldi. Kam ta‘minlangan oilalarga moddiy yordam, bola boquvchi oilalarga bolasi 2 yoshga to‘lgunga qadar, shuningdek, 16 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga yagona nafaqalar berish joriy etildi. Mahallalarda respublika va mahalliy budjet mablag‘lari, shuningdek, korxona va tashkilotlarning, tadbirkorlik tizimlari va ayrim fuqarolarning ixtiyoriy ravishda o‘tkazgan mablag‘lari hisobidan maxsus jamg‘armalar tuzildi. 1995-yilda 500 mingga yaqin ehtiyojmand oilalarga mahalla qo‘mitalari orqali 6 mlrd so‘m nafaqa berildi.

Kam ta‘minlangan oilalarga ko‘rsatilayotgan yordam miqdori yildan yilga o‘sib bormoqda. Faqat 2000-yilning o‘zida aholining kam ta‘minlangan qismiga mahallalar orqali 54,3 mlrd so‘m miqdorida nafaqa, ko‘mak va boshqa turdagi yordamlar berildi.



O‘zbekistonda yuritilayotgan ijtimoiy siyosat jamiyatning negizi bo‘lgan oilani mustahkamlash va tinch-totuvligini ta‘minlash, oilada ayolning mavqeyini ko‘tarish maqsadi bilan uyg‘unlashgan. Shu maqsadda mamlakatimizda 1997-yil –―Inson manfaatlari yili, 1998- yil – ―Oila yili, 1999-yil – ―Ayollar yili, 2000-yil – ―Sog‘lom avlod yili, 2001-yil –―Onalar va bolalar yili, 2002-yil – ―Qariyalarni qadrlash yili, 2003-yil – ―Obod mahalla yili, 2004-yil –

―Mehr va muruvvat yili, 2005-yil – ―Sihat-salomatlik yili, 2006-yil – ―Homiylar va shifokorlar yili, 2007-yil – ―Ijtimoiy himoya yili, 2008-yil – ―Yoshlar yili, 2009-yil – ―Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili, 2010-yil – ―Barkamol avlod yili, 2011-yil – ―Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili, 2012-yil – ―Mustahkam oila yili, 2013-yil – ―Obod turmush yili, 2014-yil – ―Sogʻlom bola yili, 2015-yil – ―Keksalarni e‘zozlash yili, 2016-yil – ―Sogʻlom ona va bola yili, 2017-yil – ―Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, 2018-yil – ―Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili, 2019-yil – ―Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili, 2020 yil – ―Ilm, ma‘rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili, 2021 yil ―Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili deb e‘lon qilinib, bu yillarda oilani mustahkamlash, ayollarning jamiyatdagi o‘rnini ko‘tarish, sog‘lom, oqila xotin-qizlar avlodini voyaga yetkazish, qariyalarni e‘zozlash, go‘zal diyorimizdagi barcha mahallalar faoliyatini yanada jonlantirish yo‘lida xayrli tadbirlar amalga oshirildi.

2019 yildan ishlayotgan pensionerlarga pensiyani tO‘liq tO‘lash tartibi joriy etildi. Ijtimoiy

yordamga muhtoj va ehtiyojmand aholi uchun nafaqa miqdori 2 barobar kO‘paytirildi.

Xulosa qilib aytganda, tanlangan kuchli ijtimoiy siyosat tufayli islohotlar arafasida eng noqulay boshlang‘ich shart-sharotlarga, ijtimoiy ziddiyatlarga ega bo‘lgan O‘zbekiston ijtimoiy mojarolarni chetlab o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Oldindan ko‘rilgan oqilona ijtimoiy chora- tadbirlar mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta‘minladi.




Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish