1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida



Download 1,27 Mb.
bet38/117
Sana16.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#377347
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   117
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22 (1)

O‘zR Oliy sudi. O‘zR Konstitutsiyasining 110-moddasiga binoan, "O‘zR Oliy sudi fuqarolik, jinoiy va ma‘muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi". Mazkur sud tomonidan qabul qilinadigan hujjatlar qat‘iy tarzda O‘zRning barcha hududida bajarilishi majburiy. O‘zR birinchi Prezidenti I.A.Karimov ―... sud hokimiyatini bosqichma-bosqich mustahkamlab borish, sudning mustaqilligini ta‘minlash, uni sobiq tuzumda bo‘lgani kabi qatag‘on quroli va jazolash idorasi sifatidagi organ emas, balki inson va fuqaro huquq va erkinliklarini ishonchli himoya va muhofaza etishga xizmat qiladigan tom ma‘nodagi mustaqil davlat institutiga aylantirishga qaratilgan keng qo‘lamli tashkiliy-huquqiy chora- tadbirlar amalga oshirildi (Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi. -T.: O‘zbekiston, 2010. B. 16.) deb ta‘kidlab o‘tdi.

O‘zR suveren davlat bo‘lishi bilan sudlar hokimiyatning qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi tarmoqlaridan, siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlaridan mustaqil holda ish olib borish



imkoniga ega bo‘ldi.

Hozirgi kunga kelib, Oliy sudning huquqiy maqomi "Sudlar to‘g‘risida"gi Qonunning 2000 yil 14 dekabrdagi tahriri I bo‘limining normalari hamda keyinchalik kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar, shuningdek, O‘zR Fuqarolik protsessual kodeksi va Jinoyat protsessual kodeksining bir qator qoidalari asosida tartibga solinmoqsa (Mingboyev U.K. Sud adolat posboii // «Hayot va qonun». 2001. 5-son. 7-8-bet.).

O‘zR Fukarolik protsessual kodeksining 144-moddasiga ko‘ra, Oliy sud qonunda belgilan- gan vakolati asosida, fuqarolik ishlarini ko‘rib chiqadi, shuningdek, alohida holatlarni hisobga olib, har qanday fuqarolik ishini O‘zRning istalgan sudidan olib, birinchi instansiya sudi sifatida o‘zining ish yuritishiga qabul qilib olish yoki bir suddan boshqa tegishli sudga o‘tkazish vakolatiga ega.

O‘ta murakkab va muhim ishlar Jinoyat-protsessual kodeksining 389-moddasi bilan O‘zR Oliy sudining sudloviga tegishli ekanligi belgilab qo‘yilgan. Tabiiyki, o‘zi chiqargan qarorlarga nisbatan yangi ochilgan holatlar yuzasidan ishlarni ko‘rib chiqish ham O‘zR Oliy sudi vakolatiga kiradi.

Sud nazoratini amalga oshirishning yuqorida sanab o‘tilgan shakllari bilan bir qatorda Oliy sudning ixtiyorida bu borada bilvosita nazorat shakli, binobarin, uning sud amaliyoti yuzasidan tushuntirishlar berish vakolati ham bor.

Oliy sud Plenumi tushuntirishlari odil sudlovni amalga oshirishda qonunlarning aniq qo‘llanishini ta‘minlashga qaratilgan bo‘lib, ana shu tushuntirishlarda umumlashtiruv natijalari asosida sharhlar beriladi.

Odil sudlovning Asosiy Qonunimizda mustahkamlab qo‘yilgan demokratik prinsiplari, xususan, fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi, aybsizlik prezumpsiyasi, ayblanuvchining himoyalanish huquqi bilan ta‘minlanishi singari Konstitutsiyaviy prinsiplar mazmuni O‘zR Oliy sudi Plenumining ko‘pgina tushuntirishlarida chuqur va mufassal ochib berilgan. Aksariyat tushuntirishlar sudlarning qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashdagi, javobgarlikni tabaqalashtirish hamda jazolarni individuallashtirishdagi, hayotga, sog‘liqqa, shaxsning ozodligi va qadr-qimmatiga qarshi retsidiv jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirishdagi roliga taalluqli.

O‘zbekiyeton Respublikasi Oliy sudi Oliy sud Plenumi, Oliy sud Rayosati, Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay‘ati, Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay‘ati va Harbiy hayatdan iborat tarkibda faoliyat olib boradi.

O‘zR Oliy sudining Plenumi barcha umumiy yurisdiksiya sudlari qarorlariga nisbatan oliy sudlov instansiyasi bo‘lib, O‘zR Oliy sudining sudyalari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha oliy sudlari raislaridan iborat tarkibda faoliyat yuritadi.

O‘zR Oliy sudining Rayosati O‘zR Oliy sudining sudyalari orasidan O‘zR Oliy sudi Plenumi tomonidan belgilanadigan miqdorda tashkil topadi. O‘zR Oliy sudi Rayosatining majlislari har oyda kamida bir marta o‘tkaziladi hamda O‘zR Oliy sudi Rayosati a‘zolarining ko‘pchiligi hozir bo‘lgan taqdirda vakolatli sanaladi. Rayosatga ishlarni nazorat tartibida, sud amaliyoti umumlashma materiallarini, sudlov hay‘atlari ishini tashkil etish masalalarini, shuningdek, viloyatlar sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar raislarining ma‘ruzalarini tinglash bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish vakolati berilgan.

Umumiy yurisdiksiya sudlari tizimidagi harbiy sudlar, ularning vazifalari hamda vakolatlari O‘zR Prezidentining 1992 yil 28 fevraldagi "Harbiy tribunallar va harbiy prokuratura organlari to‘g‘risida"gi Farmoni bilan respublika Kurolli Kuchlarida qonuniylik va huquq- tartibotni ta‘minlash maqsadida harbiy tribunallar mamlakatimiz sud tizimiga kirishi va barcha harbiy qismlarda, qo‘shilmalar va birlashmalarda, harbiy o‘quv yurtlari va muassasalarda, respublika hududidagi boshqa harbiy tuzilmalarda odil sudlovni O‘zR nomidan amalga oshirishi belgilab qo‘yildi. Mazkur Farmon bilan sobiq Turkiston harbiy okrugi Harbiy tribunali o‘rniga O‘zR Qurolli Kuchlarining Harbiy sudi tashkil etildi.

O‘zR Oliy Kengashining 1992 yil 3 iyuldagi "O‘zR Oliy sudi tarkibida Harbiy hay‘at tashkil etish to‘g‘risida"gi Qarori bilan shunday hay‘at tuzilib, uning zimmasiga alohida

ahamiyatdagi ishlarni birinchi instansiya bo‘yicha, shuningdek, ishlarni kassatsiya va nazorat tartibida ko‘rish vakolatlari yuklatildi. Ayni bir vaqtda O‘zbekiston hududida joylashgan, ilgari belgilangan tartib asosida saylangan harbiy sudlarning sudyalari vakolati tasdiqlandi (O‘zR Oliy Kengashiniig Axborotnomasi. 1992. 9son. 366-modda.).

Sud tizimini isloh qilish asnosida O‘zR Prezidentining 1999 yil 23 sentabrdagi Farmoni bilan mamlakatimiz Qurolli Kuchlari sudlari O‘zR harbiy sudlariga aylantirildi.

O‘zRning "Sudlar to‘g‘risida"gi Qonunining 4-bobi hamda OMning 2000 yil 14 dekabrdagi Qarori bilan tasdiqlangan «Harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Nizom» harbiy sudlar vakolatlari tizimini hamda ularning faoliyat sohasini belgilab berdi.

O‘zR harbiy sudlari tizimi O‘zR Oliy sudi Harbiy hay‘atidan, O‘zR Harbiy sudidan, okrug va hududiy harbiy sudlardan tarkib topadi. Harbiy sudlar faoliyati ustidan oliy darajadagi nazoratni O‘zR Oliy sudi amalga oshiradi.


Xo‘jalik sudlari. O‘zR Konstitutsiyasining 111-moddasiga muvofiq, "Mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar o‘rtasidagi, shuningdek, tadbirkorlar o‘rtasidagi, iqtisodiyot sohasida va uni boshqarish jarayonida vujudga keladigan xo‘jalik nizolarini hal etish Oliy xo‘jalik sudi va xo‘jalik sudlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi (O‘zRning Konstitutsiyasi. -T.: O‘zbekiston. 2012. 31- bet).


Umumiy yurisdiksiya sudlaridan farqli ravishda bu sudlar boshqa organlarning yurituviga

kiritilgan har qanday nizolarni ko‘rib chiqadi.

Mamlakatimizda xo‘jalik sudlari vakolatlari bilan umumiy yurisdiksiya sudlari vakolatlarining nizo xususiyatiga qarab farqlash, ajratish muayyan ahamiyatga ega. Xo‘jalik sudlarida ishlarini ko‘rib chiqish va muhokama etish tartibi, asosan, yuridik shaxslarga mo‘ljallangan.

1991 yil 20 noyabrda qabul qilingan "Hakamlik sudi va xo‘jalik nizolarini hal etish tartibi to‘g‘risida"gi Qonun bilan arbitrajlar tugatildi, tadbirkorlik faoliyati jarayonida fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi nizolar (iqtisodiy nizolar) yoki boshqaruv sohasidagi munosabatlardan kelib chiquvchi nizolarni hal etish vakolatlari hakamlik sudlariga berildi. Hakamlik sudlari yagona tizimi O‘zR Oliy hakamlik sudi, Qoraqaliog‘iston Resiublikasi Hakamlik sudi va viloyatlar hakamlik sudlaridan tarkib topdi.

1993 yil 2 sentabrda qabul qilingan O‘zRning "Sudlar to‘g‘risida"gi Qonuni va O‘zRning Konstitutsiyasi hakamlik (arbitraj) sudlarining hozirgi xo‘jalik sudlariga aylanishida asos bo‘lib xizmat qildi. Ayni vaqtda 1993 yil 2 sentabrdagi O‘zRning Qonuni bilan O‘zRning Xo‘jalik protsessual kodeksi tasdiqlandi. O‘zRning 1997 yil 30 avgustdagi Qonuni bilan O‘zR Xo‘jalik protsessual kodeksining yangi tahriri tasdiqlandi va u 1998 yil 1 yanvardan e‘tiboran amalga kiritildi.

O‘zRning xo‘jalik sudlari ikki bo‘g‘inli tizim sifatida ish ko‘radi. Birinchi bo‘g‘inga Qoraqalpog‘iston Resiublikasi Xo‘jalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlari kiradi. Ikkinchi bo‘g‘in O‘zR Oliy xo‘jalik sudidan iborat.


O‘zR Oliy xo‘jalik sudi. Oliy xo‘jalik sudi Konstitutsiyaviy sud va Oliy sud bilan birgalikda O‘zRning oliy sudlov organlari maqomiga ega. O‘zR Oliy xo‘jalik sudi sudlov tizimi sifatida mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin shakllandi.


O‘zR Oliy xo‘jalik sudiga ushbu sud raisi boshchilik qiladi. Oliy xo‘jalik sudi besh yil muddatga saylanadigan Oliy xo‘jalik sudi raisi, uning birinchi o‘rinbosari, o‘rinbosarlari, sudlov hay‘atlarining raislari va sudyalardan iborat bo‘ladi.

O‘zR Oliy xujalik sudining sudyasi, O‘zR Prezidentining taqdimnomasiga binoan, O‘zR

OM Senati tomonidan saylanadi.

Oliy xo‘jalik sudida sudyalar orasidan fuqarolik xuquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni kuruvchi sudlov hay‘ati va ma‘muriy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni ko‘ruvchi sudlov hay‘ati tuziladi. Sudlov hay‘atlarining raislari va tarkibi Oliy xujalik sudi Plenumida tasdiqlanadi.

Oliy xo‘jalik sudi tarkibida Oliy xo‘jalik sudi Plenumi va Oliy xo‘jalik sudi Rayosati ham

faoliyat ko‘rsatadi.



Oliy xo‘jalik sudi Plenumi oliy sudlov instansiyasi bo‘lib, O‘zR Oliy xujalik sudi raisi, rais o‘rinbosarlari, sudyalari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xujalik sudi raisidan iborat tarkibda ish olib boradi.

O‘zR Oliy xo‘jalik sudining Plenumi ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qaror qabul qiladi. Oliy xo‘jalik sudi Plenumi majlislarida bayonnoma yuritiladi. Oliy xujalik sudi tarkibida Oliy xo‘jalik sudi raisi, uning o‘rinbosarlari hamda O‘zR Oliy xo‘jalik sudi Plenumi tomonidan belgilanadigan miqdordagi sudyalardan iborat Oliy xujalik sudi Rayosati ish olib boradi.

O‘zR Oliy xo‘jalik sudi Rayosati xo‘jalik sudlariga taalluqli ishlar yuzasidan oliy nazorat

instansiyasidir.

O‘zR Oliy xo‘jalik sudining sudlov hay‘atlari ishlarni birinchi instansiyada va kassatsiya tartibida ko‘radi.

Sud apellyatsiya tartibida ishni ko‘rib chiqib, qarorni o‘zgarishsiz, shikoyatni esa qanoatlantirishsiz qoldirishga; qarorni to‘liq yoki qisman bekor qilishga hamda yangi qaror qabul qilish yoki qarorni o‘zgartirishga; qarorni butunlay yoki qisman bekor qilib, ish yuritishni to‘xtatishga yoki da‘voni to‘liq yoki qisman ko‘rmasdan qoldirishga haqli.

Prezidentimiz Parlamentga Murojaatnomasida sud tizimini isloh qilish borasida qator



masalalarni qayd qilib o‘tdilar:

―sud mustaqilligini to‘liq ta‘minlash – eng muhim vazifalarimizdan biri bo‘lishi zarur.

Yana bir bor aytmoqchiman – dastlabki tergovda davom etib kelayotgan qonun buzilish holatlarini faqat va faqat sudlarning haqiqiy mustaqilligiga erishish orqali bartaraf etish mumkin. Bu borada qabul qilgan qonuniy chora-tadbirlarimiz aniq natijalar bera boshladi. Ushbu ijobiy o‘zgarishlarni Birlashgan Millatlar Tashkilotining sudyalar mustaqilligi bo‘yicha maxsus

vakili Diyego Garsiya-Sayan janoblari ham alohida e‘tirof etdi.

Sud islohotlarining ikkinchi davri asosiy xususiyati Prezident SH.Mirziyoyevning 2017 yil 21 fevraldagi ―O‘zR sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoni asosida amalga oshirilmoqda.

Mazkur farmon asosida O‘zR Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi birlashtirilib, fuqarolik,

jinoiy, ma‘muriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi

– O‘zR Oliy sudi tashkil etildi. O‘zR Oliy sudi Harbiy hay‘ati, O‘zR Harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlar shtat birliklari O‘zR Qurolli Kuchlari tarkibidan O‘zR Oliy sudi tizimiga o‘tkazildi.

O‘tgan 3 yilda 1 ming 989 nafar, 2019 yilning o‘zida 859 nafar fuqaroga nisbatan oqlov hukmi chiqarildi. Shuningdek, 2019 yilda 3 ming 81 nafar shaxs sud zalidan ozod qilingan bo‘lsa, 2 ming 623 nafar fuqaroga asossiz qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarildi va o‘zgartirildi.

Sudyalarimizning adolatni va qonun ustuvorligini ta‘minlash borasida oqlov hukmlarini chiqarayotgani, hech shubhasiz, sud-huquq sohasidagi eng katta yutug‘imizdir. Men, Prezident sifatida, sudyalarning bunday jasorati va qat‘iyatini bundan keyin ham to‘liq qo‘llab- quvvatlayman.

Endi sud orqali insonlarning huquqi tiklanganini e‘tirof etish bilan cheklanib qolmasdan, nima sababdan sudgacha bo‘lgan tergov jarayonida inson huquq va erkinliklari buzilgan, degan savolni ham ko‘ndalang qo‘yadigan, tazyiqlar uchun javob beradigan vaqt keldi.

Eski tuzumdan qolgan va hanuz davom etayotgan sud qarorlarini prokuratura tomonidan chaqirib olib, o‘rganish amaliyotini cheklash lozim. Endi faqat ish yuzasidan shikoyat kelib tushgan holdagina prokuror sud qarorini olib o‘rganishi mumkin.

Sud raislari tomonidan sudyalarning faoliyatini baholash va ularga nisbatan intizomiy ish

qo‘zg‘atish bo‘yicha vakolatlarni qayta ko‘rib chiqish kerak.

Davlat idoralari mansabdorlari shuni chuqur anglab olsinlar: sudlar mustaqilligini ta‘minlash masalasi bundan buyon ham shaxsan Prezidentning qattiq nazoratida bo‘ladi. Sud ostonasiga qadam qo‘ygan har bir inson, O‘zbekistonda adolat hukm surayotganiga to‘la ishonch

hosil qilishi kerak. Aks holda, buyuk nemis faylasufi Immanuil Kant aytganidek, ―Adolat yo‘qolgan paytda, hayotning qadrini belgilaydigan boshqa hech narsa qolmaydi.

Bu haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak. O‘zbekistonda sudyalar qonunlarning tolmas himoyachilari, adolatning mustahkam ustunlari bo‘lishi lozim.

Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Adliya vazirligi uch oy muddatda yuqorida bildirilgan takliflarni amaliyotga joriy etishni nazarda tutadigan, qonun loyihasini kiritsin.

Ikkinchidan, sud-huquq sohasiga doir asosiy qonun va kodekslar bundan deyarli 20-25 yil

oldin qabul qilingan bo‘lib, hozirgi davr talablariga javob bermaydi.

Shu sababli parlament yaqin yillarda Fuqarolik, Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Jinoyat-ijro, Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarni yangitdan qabul qilishi maqsadga muvofiqdir. Bu borada, avvalo, tergov va sud amaliyotiga inson huquqlari sohasidagi ilg‘or standartlarni joriy etishga alohida e‘tibor qaratish kerak.



2017 yil 13 iyun kuni Prezidentimiz SH.Mirziyoyev Sud organlari xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazib nutq so‘zladi (―Qonun va adolat ustuvorligini ta‘minlash – barcha ezgu maqsadlarimizga erishishning eng muhim sharti). Ma‘ruzada sohani isloh qilish borasida qator vazifalar belgilandi. Mazkur islohotlar Prezidentimizning ―O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi (2017 yil 21 fevral), ―O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta‘minlash departamenti ishini tashkil etish to‘g‘risidagi (2017 yil 10 aprel),

―O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashini shakllantirish to‘g‘risidagi (2017 yil 10 aprel), ―Odil sudlov saroyi kompleksini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi (2017 yil 18 iyul), ―Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi (2018 yil 13 iyul) Farmon va Qarorlarida o‘z aksini topdi.

SH.Mirziyoyev Sud tizimini isloh qilish borasida OMga Murojaatnomasida (28.12.2018) quyidagi fikrlarni bildirdi:

Birinchidan, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta‘minlash maqsadida,

sudyalikka nomzodlarni tanlash va tayinlash tizimini yanada takomillashtirish lozim.

Sudyalar korpusini shakllantirish tizimini sud hokimiyatining mustaqilligi prinsipiga

to‘liq moslashtirish, bu jarayonda keng jamoatchilik ishtirokini ta‘minlash zarur.

Buning uchun tuman, shahar va viloyat sudi sudyalarini tanlash va tayinlash vazifasini Sudyalar oliy kengashi to‘liq o‘z zimmasiga olishi maqsadga muvofiqdir. Bu borada jamoatchilik fikri va sudyalarning ular oldida hisobot berish masalasi o‘z ifodasini topishi zarur.

Sud-huquq tizimida 2017-2020-yillarda 2 ming 600 nafar fuqaroga nisbatan oqlov hukmi chiqarilib, 2 ming 400 nafar shaxs sud zalidan ozod qilindi, 7 ta sud bosqichi 3 bosqichga keltirilib, sud tizimi «bir sud bir instansiya» tamoyili asosida qayta tashkil etildi.

2020-yilning O‘zida bilib-bilmay jinoyatga qO‘l urgan va O‘z qilmishidan pushaymon bO‘lgan 300 dan ortiq shaxs afv etilib, jazoni O‘tash joylaridan ozod qilindi, 200 nafar mahkumning jazo muddatlari qisqartirildi.


Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish