1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida



Download 1,27 Mb.
bet35/117
Sana16.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#377347
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   117
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22 (1)

Sud hokimiyati islohotlari.

O‘zR Konstitutsiyasining 11-moddasida "O‘zR davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi" belgilab berilgan. Sudlarning alohida hokimiyat sifatida belgilanishidan maqsad O‘zRda shaxs huquqi va erkinliklarining xolis organ sifatida faqat sud orqali ta‘minlanishiga erishish va sudni avvalgi jazolovchi organdan shaxs huquq va erkinliklarini to‘laqonli himoya qila oladigan organga aylantirishdir. Sud hokimiyatiga nisbatan ishonch bilan qarash, buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarni himoya qilishda sud organlaridan tegishli yordamga erisha olishni, sodir etilgan huquqbuzarlik yoki jinoyatlarga nisbatan qonun doirasida davlat choralarini sud orqali ta‘min- lash sud hokimiyatining mohiyatini belgilab beradi. O‘zRda sud hokimiyati sud tizimi orqali amalga oshiriladi. Sud tizimi sud hokimiyatining alohida hokimiyat tarmog‘i sifatida mavjud.

Mustaqillik tufayli O‘zRda sud hokimiyati mustaqil, turli mafkuralardan holi bo‘lgan, faqat qonunga bo‘ysunadigan tizim sifatida shakllandi. O‘zR Konstitutsiyasining 106-moddasiga muvofiq, "O‘zRda sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi".

O‘zRning mustaqillik yillarida qabul qilingan bir qator qonunlari va Prezident farmonlari sud hokimiyatini shakllantirishga qaratildi. Jumladan, O‘zRning "Sudlar to‘g‘risida"gi Qonuni, Jinoyat-protsessual, Fuqarolik protsessual, Xo‘jalik protsessual, Jinoyat, Fuqarolik, Mehnat, Oila, Uy-joy kodekslari, O‘zR Prezidentining "O‘zR xo‘jalik sudlarining tarkibini takomillashtirish to‘g‘risida"gi, "O‘zR Harbiy sudini tashkil qilish to‘g‘risida"gi Farmonlari ana shu maqsadga xizmat qilmoqda. Shuningdek, O‘zR Prezidentining "O‘zRning sud tizimini takomillashtirish to‘g‘risida"gi, "Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha Oliy malaka komissiyasini tuzish to‘g‘risida"gi, O‘zR VMning "O‘zR sudlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori, "Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida"gi qarori bilan tasdiqdangan "Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom"larda ham sud hokimiyatini takomillashtirish maqsadlari qo‘yilgan.

Sud hokimiyatini shakllantirishning muhim yutug‘i sifatida sud tomonidan Konstitutsiyaviy nazorat qilishning joriy etilganligi alohida e‘tiborga loyiq. Ta‘kidlash joizki,

sudning huquqni qo‘llaydigan subyekt sifatida asosiy vazifasi odil sudlovni amalga oshirish orqali Konstitutsiya va qonunlar ustuvorligini ta‘minlashdir. Davlat mustaqil sud hokimiyatiga ega bo‘lgandagina mustaqil va xolis bo‘lishi mumkin. Konstitutsiyaviy nazorat qilish vazifasining amalga oshirilishi davlat hokimiyatining boshqa tarmoqlariga, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarni bekor qilish orqali ta‘sir etishga imkon beradi.

O‘zR Konstitutsiyasining 107-moddasiga muvofiq, O‘zbekistonda quyidagi uchta kichik



tizimni o‘z ichiga olgan sud tizimi tashkil etilib, u o‘z faoliyatini amalga oshirmoqda: 1.O‘zR Konstitutsiyaviy sudi.

  1. O‘zR Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, shuningdek, harbiy sudlardan iborat bo‘lgan umumiy yurisdiksiya sudlari. Harbiy sudlar tizimi, o‘z navbatida, O‘zR Oliy sudi Harbiy xay‘ati, O‘zR Harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlardan iborat.

  2. Xo‘jalik sudlari. Mazkur sudlar O‘zR Oliy xo‘jalik sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xo‘jalik sudlaridan iborat.

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish