1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida


yildan O‘zbekiston yangi tarixining beshinchi bosqichi boshlandi



Download 1,27 Mb.
bet8/117
Sana16.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#377347
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   117
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22 (1)

2016 yildan O‘zbekiston yangi tarixining beshinchi bosqichi boshlandi. Bu davr 2016 yil sentabr oyidan O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti vazifasini bajaruvchi, 2016 yil dekabr oyidan esa umumxalq tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylangan SH.M.Mirziyoyev faoliyati bilan bevosita boshlanuvchi davrdir.


    1. O‘zbekistonning eng yangi tarixini O‘qitish va O‘rganish tizimining tashkil etilishi.

Mustabid tuzum davrida soxtalashtirilgan O‘tmish voqeligi xususida tarixiy adolat qaror topdi, tarixni ilmiy va xolisona O‘rganish imkoniyati yuzaga kelib, 2020-2021 O‘quv yilidan boshlab oliy ta‘lim tizimiga ―O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tarixini chuqur O‘rganish juda dolzarb vazifa ekanini, bugungi tinch-osoyishta kunlarning qadriga yetish, mustaqilligimizni mustahkamlash haqida tO‘xtalar ekan, O‘sib kelayotgan yosh avlod istiqlolimiz tarixini chuqur O‘rganishi, bunday kunlarga osonlik bilan erishilmaganini tushunib, anglab yetishi zarurligini doimo ta‘kidlagan edi (Karimov I.A. Inson xotirasi - boqiy, qadr-qimmati - ulug‘. // “Xalq sO‘zi” gazetasi, 2012 yil 10 may.).

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimovning ―O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma uch yillik bayramiga tayyorgarlik kO‘rish va uni O‘tkazish tO‘g‘risidagi Qarorida ham ―tarixan qisqa davrda mamlakatimizning O‘tgan asr oxirida

keskin ijtimoiy muammolar girdobiga tushib qolgan, aholining hayot darajasi bO‘yicha sobiq SSSRda eng oxirgi O‘rinlardan birini egallagan, paxta yakkahokimligi halokatli tus olgan, iqtisodiyoti bir yoqlama rivojlangan, qoloq agrar respublikadan bugungi kunda sanoati tez sur‘atlar bilan O‘sib, iqtisodiy qudrati va salohiyati yuksalib borayotgan zamonaviy davlatga aylanganini ochib berish masalasiga alohida urg‘u bergan edi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma uch yillik bayramiga tayyorgarlik kO‘rish va uni O‘gkazish tO‘g‘risida”gi Qarori // "Xalq sO‘zi" gazetasi, 2014 yil 2 iyul).

Shu nuqtai nazardan, O‘zbekistonning eng yangi tarixini chuqur O‘rganish, bu boradagi ilmiy tadqiqotlarni, ta‘lim-tarbiya hamda ma‘naviy-marifiy faoliyatning butun tizimini yanada yuqori bosqichga kO‘tarish muhim ahamiyatga ega. Bu tarix fani oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

Yangi tarixni O‘rganishda yana bir muhim omil borki, u bugungi kun butun jahon tadqiqotlari tizimida ustuvor O‘rinni egallab kelmoqda. Bu ―tarixdagi Inson mavzusini tadqiq qilish, boshqacha aytganda, shaxsning, tarixiy siymoning hamda oddiy insonning uni O‘rab turgan dunyodagi rolini O‘rganishdir. Eng muhim vazifa, eng yangi tarixni metodologik va ilmiy asosga tayangan holda tadqiq etishdan iborat. Biz metodologik asosni chuqur anglab yetsak, tarixni siyosiylashtirish, qalbakilashttirish va buzib kO‘rsatish kabi salbiy holatlarning oldini olgan bO‘lamiz.

O‘zbekistonning eng yangi tarixini tizimli O‘rganish dolzarbligi tufayli 2012 yil 27 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (PQ-1694) bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta‘lim vazirligi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bO‘yicha Jamoatchilik kengashi tashkil etilgan edi. Jamoatchilik kengashi va uning ishchi organi bO‘lgan muvofiqlashtiruvchi Markaz O‘zining 5 yillik faoliyati davomida istiqlolning dastlabki chorak asrida amalga oshirilgan ishlar aks etgan turli mavzulardagi monografiyalar, tO‘plamlar va ilmiy jurnallarni nashr etish ishini boshqarib, ularning ilmiy-uslubiy va metodologik mazmunini muvofiqlashtirib bordi.

2016-2017 yildan mustaqil O‘zbekiston O‘zining yangi rivojlanish pallasiga kirdi. Oldingi yillarda amalga oshirilgan tub-ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samarasi O‘laroq ijtimoiy hayotda sodir bO‘layotgan tub O‘zgarishlarni yangicha talqin qilish tarixiy zaruratga aylandi.



O‘zbekiston milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixini tadqiq etish va O‘qitish, ilmiy, ilmiy-ommabop, O‘quv-metodik, ma‘rifiy adabiyotlarni tayyorlash va chop etish, ilm-fanning ta‘lim va boshqa ijtimoiy sohalar bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlash va rivojlantirish borasida ilmiy, madaniy, ta‘lim, jamoat muassasalari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish, yoshlarda, avvalambor, umumta‘lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar O‘quvchilarida, oliy ta‘lim muassasalari talabalarida mamlakat tarixi haqidagi chuqur bilimlarni shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 fevraldagi ―Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tO‘g‘risidagi PQ-2789-sonli qaroriga muvofiq, Oliy va O‘rta maxsus ta‘lim vazirligi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi bO‘yicha Jamoatchilik kengashi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi bO‘yicha Jamoatchilik kengashiga aylantirildi.

Jamoatchilik kengashi O‘zbekistonning eng yangi tarixini tadqiq etish va O‘qitish samaradorligini, mazkur sohada ilmiy, O‘quv-metodik adabiyotlar, ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar sifatini oshirishga kO‘maklashish maqsadida tashkil etilgan, jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi idoralararo ilmiy-muvofiqlashtirish va maslahat organi etib belgilandi.

O‘zbekistonning eng yangi tarixini zamonaviy nazariy-metodologik, fanlararo yondashuvlarga, tarixiylik va xolislik tamoyillariga asoslangan holda tizimli O‘rganishni tashkil etish, O‘zbekistonning eng yangi tarixi bO‘yicha dolzarb muammolarni ishlab chiqish, shuningdek, buyuk tarixiy-madaniy merosga ega bO‘lgan va jahon sivilizatsiyasining rivojiga

ulkan hissa qO‘shgan O‘zbek xalqining tarixiy O‘tmishi va bugungi kuniga baho berishda bir yoqlama yondashuvlarga, aqidaparastlikka yO‘l qO‘ymaslik ishlarini muvofiqlashtirish;

-demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning ―O‘zbek modeli mohiyati va mazmunini, jamiyatda barqarorlikni, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni saqlash bO‘yicha keng kO‘lamli ishlarni, hozirgi dunyoda O‘zbekistonning roli va O‘rnini chuqur O‘rganish va yaqqol ochib berish;

-ilmiy, O‘quv, O‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini tayyorlash va chop etish ishlarini muvofiqlashtirish, ularda O‘zbekistonning eng yangi tarixini umumjahon va mintaqaviy jarayonlar bilan, shuningdek, hozirgi O‘zbekiston hududida shakllangan xalqlar va davlatlar sivilizatsiyasining tarixiy-madaniy merosi bilan uzviy bog‘liq holda kO‘rib chiqishni ta‘minlash;



-O‘zbekistonning eng yangi tarixi bO‘yicha ilmiy, O‘quv va O‘quv-metodik adabiyotlar, O‘quv dasturlari monitoringini olib borish, ushbu sohada ilmiy-tadqiqot, O‘quv-metodik ishlarning sifatini yaxshilash bO‘yicha takliflarni ishlab chiqish va joriy etish;

-fuqarolarda tarixiy xotira, milliy O‘zlikni anglash, yuksak ma‘naviyat, xalqning tarixiy an‘analari, madaniy merosiga hurmat, mamlakatimiz mustaqillikka erishganligining buyuk tarixiy ahamiyatini anglash kabi fazilatlarni shakllantirishga yO‘naltirilgan ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar samaradorligini, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari orqali oshirib borishga kO‘maklashish;



-O‘zbekiston tarixi bO‘yicha zamonaviy chet el ilmiy va O‘quv adabiyotlarini O‘rganishga yO‘naltirilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish, hozirgi O‘zbekistonning tarixiy O‘tmishi, sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi, mamlakatda olib borilayotgan demokratik islohotlar tO‘g‘risidagi xolis axborotni keng xalqaro jamoatchilikka yetkazish Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari etib belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bO‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz Jamoatchilik kengashining ishchi organi etib belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta‘lim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi «O‘zbekistonning eng yangi tarixining dolzarb masalalari» jurnali muassislari qilib belgilandi.

Mazkur Qarorda O‘zbekistonning eng yangi tarixini tizimli ravishda tarixiylik va xolislik prinsiplariga asoslangan holda O‘rganishni tashkil etish, shuningdek, u tarixiy-madaniy merosga ega bO‘lgan va jahon sivilizatsiyasining rivojiga ulkan hissa qO‘shgan O‘zbek xalqining tarixiy O‘tmishi va bugungi kuniga baho berishda bir yoqlama yondashuvlarga yO‘l qO‘ymaslikka yO‘naltirilgan bO‘lib, hujjatda O‘zbekiston ilmiy jamoatchiligi oldiga O‘quv, ilmiy, O‘quv- metodik adabiyotlarni tayyorlash va yangi avlod nashrlarini chop etish bO‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish, ularda O‘zbekistonning eng yangi tarixini umumjahon va mingaqaviy jarayonlar bilan, ayni vaqtda, hozirgi O‘zbekiston hududida shakllangan xalqlar va davlatlar sivilizatsiyasining tarixiy-madaniy merosi bilan uzviy bog‘liq holda kO‘rib chiqishni ta‘minlash kabi vazifalar belgilab berilgan.

O‘zbekistonning eng yangi tarixini bilish shu mamlakat har bir fuqarosi, shuningdek, har bir soha mutaxassisi uchun jahon tarixi tizimida Vatanimiz tarixining XX asr oxiri va XXI asr boshlaridagi muhim voqealarini, davlatimiz taraqqiyotining O‘ta muhim yO‘nalishlarini bilish va teran anglab yetishga, yangi strategik davrda O‘zbekistonning zamonaviy dunyodagi O‘rni va roli hamda davlatimiz rahbari olib borayotgan ichki va tashqi siyosatning ustuvor vazifalari haqida tasavvur hosil qilishga kO‘maklashishi lozim.

O‘zbekistonning yangi tarixi bO‘yicha ilmiy adabiyotlar yaratish dolzarbligining yana bir jihati shundan iboratki, globallashuv sharoitida O‘zbekiston yoshlari turli mafkuraviy oqimlar ta‘siriga tushib qolishi mumkin. Bu mafkuralardan ba‘zilari mustaqil O‘zbekiston va uning siyosatini ongli ravishda parokanda qilishga yO‘naltirilgani yaxshi ma‘lum. Shu bois, ilmiy va O‘quv fani sifatida O‘zbekistonning eng yangi tarixi O‘z ichiga axborot xavfsizligi tizimining bir qismi sifatida ana shunday kuch va oqimlarga qarshi targ‘ibotni olishi shart. Bundan tashqari,

O‘zbekistonning eng yangi tarixi – konstruktiv tarixiy xotira, vatanparvarlik va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantiruvchi vosita hamdir

Tarix, huquq, iqtisod va falsafa sohalari mutaxassislarining maxsuli bO‘lgan ushbu fanda xronologik yondashuv asosida, mustaqil davlatchilikning tadrijiy rivojlanishi, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot, yangicha huquq tizimining shakllanishi, tashqi siyosat, milliy munosabatlar va madaniyatga oid masalalar batafsil yoritiladi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov va amaldagi O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevlarning davlat rahbari sifatidagi keng qirrali faoliyatlariga alohida O‘rin beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 28 dekabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta‘kidlab O‘tganidek: ―Oldimizga qO‘ygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai bO‘ladigan milliy g‘oyani rivojlantirishimiz zarur.

Xususan, milliy O‘zligimizni anglash, Vatanimizning qadimiy va boy tarixini O‘rganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlari faoliyatini har tomonlama qO‘llab-quvvatlashimiz lozim.

O‘tmishga berilgan baho albatta xolisona, eng muhimi, turli mafkuraviy qarashlardan xoli bO‘lishi zarur.

Afsuski, yurtimiz tarixini O‘rganishda O‘tgan davrda arxeologik tadqiqotlar yetarli

darajada olib borilmadi.

Shuning uchun Fanlar akademiyasining Arxeologiya va San‘atshunoslik institutlari faoliyatini, oliy O‘quv yurtlari va muzeylardagi arxeologik izlanishlarni chet ellik hamkorlar bilan birga tashkil etish zarur.



Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz-avliyolarimizning bebaho merosi, yengilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini kuchaytirishga alohida e‘tibor qaratishimiz kerak (Qarang: Mirziyoyev SH.M. Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bO‘ladi. Asarlar 3- jild. -T.: “O‘zbekiston”. 2020. 24-25 b.)


Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish