1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida



Download 1,27 Mb.
bet25/117
Sana16.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#377347
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   117
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22 (1)

Oq rang – tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat o‘z yo‘lida baland dovonlardan oshib o‘tishi kerak. Bayrog‘imizdagi oq rang yo‘limizning musaffo va charog‘on bo‘lishi uchun yaxshi niyat ramzidir.

Qizil yo‘llar – bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, tiriklik ramzidir.

Yashil rang – serne‘mat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda atrof- muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda, uning ramzi ham yashil rangdir.

Yarim oy – O‘zbekiston xalqining ko‘p asrlik an‘analariga muvofiq keladi. Yarim oy va

yulduzlar – musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir.

Bayrog‘imizda 12 yulduz tasviri bor, bu o‘lkamizda qadimdan buyon barkamollik,

mukammallik timsoli hisoblanadi.



Darhaqiqat, ―O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i tO‘g‘risidagi Qonunning 2- moddasida kO‘rsatilganidek, ―O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir.

Mazkur qonunning 3-moddasiga binoan, bayrog‘imiz xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli bO‘ladi. Binobarin, bayrog‘imiz xalqaro maydonda O‘zbekiston

Respublikasi delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safari chog‘ida, xalqaro tashkilotlarda, konferensiyalarda, jahon kO‘rgazmalarida, sport musobaqalarida kO‘tarilib, yurtimizni ulug‘laydi. ―O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i tO‘g‘risidagi qonunida bayroq kO‘tariladigan joylar va uning kO‘tarilish vaqtlari aniq va ravshan belgilab qO‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qonunda belgilangan tegishli joylarda doimiy ravishda kO‘tarilgan holda turadi.O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i unga nisbatan lozim darajadagi hurmat ta‘minlangan holda umummilliy bayramlar va tantanali tadbirlar vaqtida kO‘tarilishi mumkin.



Qonun bO‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining tasviri tushirilgan belgilar: O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalari davlat reyestri yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat havo kemalari reyestriga kiritilgan havo kemalariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma‘muriyati hisobida turuvchi eksperimental havo kemalariga; qonun hujjatlarida belgilangan hollarda avtomototransport vositalari va ular tirkamalarining davlat rO‘yxatidan O‘tkazish raqam belgilariga; O‘zbekiston Respublikasining asosiy chegara belgisiga qO‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining tasviri tushirilgan belgilardan O‘zbekiston Respublikasiga tegishlilikni belgilash maqsadida predmetlarda, O‘quv-tarbiya jarayonida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlarining elementi sifatida foydalanilishi mumkin.

Shuni yodda tutish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining elementlarini nodavlat tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama materiallariga kiritilishiga yO‘l qO‘yilmaydi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) O‘tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas. Ayni vaqtda, nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlari mamlakatimiz Davlat bayrog‘iga O‘xshash bO‘lishi mumkin emas.

Qonunda bayrog‘imizning qanday shakl va kO‘rinishda bO‘lishi ham aniq kO‘rsatilgan. Chunonchi, qonunning 4-moddasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i - bayroqning butun uzunligi bO‘ylab O‘tgan tO‘q moviy rang, oq rang va tO‘q yashil rangli uchta endan tarkib topgan tO‘g‘ri tO‘rtburchak shaklidagi matodir. Bayroqning uzunligi 250 sm.ga, kengligi 125 sm.ga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarining kengligi bir xil. Har bir en 40 sm.ga teng. Bayroqning O‘rtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5 sm.ga teng qizil hoshiyalar O‘tgan.

Bayroqning yuqori qismidagi moviy rangli enning yuz tomoni va orqa tomonida dastaga yaqin joyida oq rangli yangi oy va uning yonida O‘n ikkita oq rangdagi besh qirrali yulduz tasvirlangan. Yangi oy va yulduzlarning tasviri moviy rangli yuqori enning O‘rtasidan 70x30 sm.ga teng tO‘g‘ri tO‘rtburchakka sig‘adigan qilib joylashtirilgan. Yangi oy vertikal holatda dO‘ng tomoni dastaga qaratilgan, dastadan 20 sm masofada joylashtirilgan bO‘lib, diametri 30 sm.li doiraga sig‘adi.

Yulduzlar diametri 6 smli doiraga sig‘adi. Doiralar orasidagi masofa 6 sm. Yulduzlar uzunasiga va tikkasiga quyidagi tartibda joylashadi: yuqori qatorda uchta, O‘rta qatorda tO‘rtta va quyi qatorda beshta yulduz. Quyi qatordagi yulduzlar yangi oyning pastki uchidan 3,5 sm masofada joylashadi.

Qonunda Davlat bayrog‘ining qachon, qanday voqealar munosabati bilan, qay vaqtda, soat nechadan nechagacha, qanday tartibda kO‘tarilishi aniq kO‘rsatib qO‘yilgan. Bunga kO‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i bayram kunlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarining qarorlari bilan belgilangan markaziy kO‘chalarda, maydonlarda, boshqa jamoat joylarida va obyektlarda soat 6 da kO‘tariladi va soat 22 da tushirib qO‘yiladi. Bayroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati a‘zolari, xalq deputatlari Kengashlarining deputatlari saylovi yoki referendum kunlarida – ovoz berish O‘tkazilayotgan binolar va xonalarda ovoz berish yoki referendum O‘tkazish davrida kO‘tarib qO‘yiladi. U xorijiy davlatlar davlat va hukumat boshliqlarining, boshqa rasmiy

delegatsiyalarning xalqaro huquq normalariga, diplomatik protokol qoidalariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida bO‘lishining tasdiqlangan dasturiga muvofiq, transport vositalarida, vokzallarda, aeroportlarda, yurish yO‘nalishi bO‘yicha va boshqa tashrif obyektlarida xorijiy davlatlar davlat va hukumat boshliqlarining, boshqa rasmiy delegatsiyalarning tashrif buyurishidan 24 soat oldin kO‘tariladi va ular jO‘nab ketganidan keyin 24 soat mobaynida tushirib qO‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i bilan bir vaqtda boshqa davlatning bayrog‘i kO‘tarilsa, qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i (binoning old tomoniga qarab turganda) O‘ng tomondan, boshqa davlatning bayrog‘i chap tomondan kO‘tarilmog‘i kerak. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i bilan bir vaqtda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i kO‘tarilganda, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i (binoning old tomoniga qarab turganda) chap tomondan kO‘tarilishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i bilan bir vaqtda bir qancha davlatlarning bayroqlari kO‘tarilganida, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i alohida, qolganlari esa O‘zbek alfaviti bO‘yicha kO‘tariladi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i boshqa dav- latlarning bayroqlari bilan bir xil balandlikda joylashtirilishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i bilan bir vaqtda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i kO‘tarilganda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat bayrog‘i- ning O‘lchami O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining O‘lchamidan katta bO‘lmasligi kerak, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining kO‘tarilish balandligi esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat bayrog‘ining kO‘tarilish balandligidan past bO‘lmasligi kerak.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i bilan bir vaqtda xorijiy davlatlar va (yoki) xalqaro tashkilotlar bayroqlari kO‘tarilganda O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqaro huquq normalariga va diplomatik protokol qoidalariga muvofiq kO‘tariladi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xorijiy davlatlar va (yoki) xalqaro tashkilotlar bayroqlari bilan bir xil balandlikda joylashtirilishi hamda bir xil O‘lchamga ega bO‘lishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i binolarning asosiy kirish joyida yoki buning uchun maqbul bO‘lgan boshqa joyda yoxud tegishli tutqichi bO‘lgan dastada, yo bO‘lmasa flagshtogda bayroqning dastasi binoning old tomoni bilan kO‘pi bilan 45 gradusli burchak hosil qiladigan tarzda kO‘tariladi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ini tayyorlash, saqlash va yO‘q qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

KO‘tarib qO‘yilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining matosi yer sathidan kamida 2,5 metr balandlikda bO‘lishi kerak. Motam munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i motamga moslab kO‘tariladi. Bunday hollarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i dastasi yoki flagshtokning yuqori uchiga bayroq enining 1/20 qismiga teng bO‘lgan kenglikdagi qora tasma bog‘lanadi, tasmaning ikki uchi bayroqning butun eni uzunligida osilib turadi. Bayroq motam munosabati bilan flagshtokda kO‘tarilgan taqdirda u flagshtok uzunligining 1/3 bO‘lagicha tushirib qO‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek, O‘zbekistonda turgan boshqa shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ini hurmat qilishlari shart. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i tO‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bO‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ini behurmat qilganlik O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda jazolanadi.

Mamlakatimizda Konstitutsiya va qonun bilan O‘rnatilgan hamda tasdiqlangan davlat ramzlaridan biri – uning gerbidir. Davlat gerbi davlat mustaqilligining ramziy belgilaridan biri hisoblanadi. «Gerb» sO‘zi nemischa «erbo» sO‘zidan olingan bO‘lib, shohlar va hukmdorlarga davlat, sarhad, hudud va boshqa nasldan-naslga meros qoluvchi mulk belgisini anglatadi.

Bundan 2500 yil muqaddam Erondan Oltoyga qadar chO‘zilgan sarhadlarda hukm surgan qadimgi turk hoqoni O‘g‘izxon davrida ham turkcha «tamg‘a» sO‘zi aynan shu ma‘noni bildirar edi. XII asrning mashhur tarixchisi Rashiddin Hamadoniy «Tanlangan tarixlar» nomli kitobida shahodat berishicha, O‘g‘izxon O‘z mol-mulkini O‘g‘illariga ulus sifatida kichik davlatlarga

bO‘lib berib, in‘om etgan. Ushbu davlatlar xukmdorlari ham O‘zlarining xonlik tamg‘alariga ega edi. KO‘rinib turibdiki, «tamg‘a» sO‘zining ma‘nosi haqiqatan ham nemischa «erbo» sO‘zining ma‘nosiga tO‘la mos keladi.

Gerb – qaysi davlatga tegishli bO‘lsa, O‘sha davlatning tarixiy an‘analarini ifodalovchi ramziy ahamiyatga ega bO‘lgan tasvirlar va narsalar yig‘indisi. ―O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi tomonidan qabul qilingan. Unga 1999 yil 15 aprelda, 2003 yil 25 aprelda, 2004 yil 3 dekabrda va 2010 yil 24 dekabrda qabul qilingan qonunlarga muvofiq qO‘shimchalar kiritilgan.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi davlatimizning siyosiy, milliy, xO‘jalik, jug‘rofiy, etnik va boshqa O‘ziga xos xususiyatlarini hamda boy tarixiy an‘analarini mujassamlashtirgan. Shuningdek, gerbimizda O‘zbekistonning ijtimoiy va davlat tuzilishi tamoyillari O‘ziga xos tarzda ifoda etilgan. «O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tO‘g‘risida»gi qonunga binoan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi respublika davlat mustaqilligining ramzidir.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi quyidagi kO‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va sO‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, O‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘O‘za shoxlaridan iborat chambarga O‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bO‘lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi – qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida respublika Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bandida «O`zbekiston» deb yozib qO‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli kO‘rinishida: Humo qushi va daryolar – kumush rangda; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va «O`zbekiston» yozuvi – oltin rangda, g‘O‘za shoxlari va barglari, tog‘lar va vodiy – yashil rangda; chanoqlardagi paxta – oq rangda; lenta – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda; sakkizburchak – oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda havo rangda; yarim oy va yulduzlar – oq rangda tasvirlangan. Qonunda O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushiriladigan obyektlar batafsil sanab kO‘rsatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviridan O‘zbekiston Respublikasiga tegishlilikni belgilash maqsadida predmetlarda, O‘quv-tarbiya jarayonida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlarining elementi sifatida foydalanish mumkin. Shuni yodda tutish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining elementlarini nodavlat tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama materiallariga kiritilishiga yO‘l qO‘yilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) O‘tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlari O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbiga O‘xshash bO‘lishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek, O‘zbekistonda turgan boshqa shaxslar O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbini hurmat qilishlari shart. O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tO‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bO‘ladi. Shu tariqa, O‘zbekistonning davlat gerbi ham davlat mustaqilligining ramzi bO‘lib, respublikaning rasmiy belgisi sifatida faqat qonunda kO‘rsatilgan obyektlarga tushiriladi.

O‘zbekistonning Konstitutsiyaviy tarzda mustahkamlangan Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi

bilan bir qatorda Davlat madhiyasi ham mavjud.

Zero, dunyodagi har qanday mustaqil davlat O‘z madhiyasiga ega. Umuman, madhiya haqida sO‘z ketar ekan, uning qachon, qayerdan kelib chiqqanligini va nima sababdan bO‘lganligini bilib olish muhim. Madhiya – grekcha ―madhiya sO‘zidan olingan bO‘lib, u dasturiy xarakterdagi she‘rni tantanali qO‘shiq qilib tarannum etilishi ma‘nosida qO‘llaniladi. Madhiyalarning bir necha turlari mavjud. Masalan, davlat, inqilob, harbiy, diniy va hokazo madhiyalar bor. Bularning ichida eng asosiysi davlat madhiyasi hisoblanadi.

Davlat madhiyalari hozirgi zamon barcha mustaqil davlatlarida mavjud bo‘lib, u davlat bayrog‘i va davlat gerbi bilan bir qatorda davlatning rasmiy tantanavor ramzi bO‘lib hisoblanadi. Xuddi, shuningdek, O‘zbekiston ham mustaqil davlat sifatida o‘z davlat madhiyasiga ega.

O‘zbekistonning davlat madhiyasi uzoq ijodiy izlanishlar natijasida atoqli shoir Abdulla Oripov tomonidan yozilgan, unga san‘at arbobi Mutal Burxonov tomonidan kuy bastalangan. Dadil aytish mumkinki, madhiyamizda O‘zbek xalqining shodiyona fikr-o‘ylari va his-tuyg‘ulari bekamu kO‘st O‘z ifodasini topdi. 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublika- sining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi qonunga binoan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zO‘r ehtirom bilan qarash O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qonunda belgilangan vaqt va marosimlarda ijro etiladi.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi unga nisbatan lozim darajadagi hurmat ta‘minlangan holda umummilliy bayramlar va tantanali tadbirlar vaqtida ijro etilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi orkestr, xor, ham orkestr-ham xor tomonidan yoki O‘zga vokal va cholg‘u asboblari bilan ijro etilishi mumkin. Bunda ovoz yozib olish vositalaridan foydalanilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi vokal hamda vokal-cholg‘u asboblari bilan ijro etilgan taqdirda to‘liq ijro etiladi, cholg‘u asboblarining O‘zida ijro etilgan taqdirda esa madhiya qisman ijro etilishiga yo‘l qo‘yiladi - ashulaning boshlanishi va naqorat bir martadan aytiladi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi madhiyaning ushbu Qonun bilan tasdiqlangan matni va musiqaviy tahririga aynan muvofiq holda ijro etilmog‘i lozim.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi kO‘pchilik huzurida ijro etilganda, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, hozir bO‘lgan kishilar madhiyani tik turib va O‘ng qO‘l kaftini kO‘krakning chap tomoniga qO‘yib, harbiy yoki davlatning boshqa xizmatidagi maxsus kiyimdagi shaxslar esa qO‘lini bosh kiyimiga qo‘yib tinglaydi.



Agar O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining ijro etilishi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining kO‘tarilishi bilan birgalikda amalga oshirilsa, hozir bO‘lgan kishilar unga yuzi bilan buriladi.

Islom Karimov ta‘kidlaganidek, «Davlatimiz ramzlari – bayroq, tamg‘a, madhiya O‘zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g‘ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini O‘zida mujassamlashtirdi. Mana shu ramzlarni e‘zozlash – O‘zining qadr-qimmatini, O‘z mamlakatiga va shaxsan O‘ziga bO‘lgan hurmatni mustahkamlash demakdir» (Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.1 Toshkent: O‘zbekiston, 1996.).




Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish