1. Modul; Nazariy elektrtexnika fanining umumiy asoslari



Download 24 Kb.
bet1/4
Sana15.01.2022
Hajmi24 Kb.
#370049
  1   2   3   4
Bog'liq
1 Maruza.docx filename=utf-8 1 Маъруза


1.Modul; Nazariy elektrtexnika fanining umumiy asoslari.

1.1. Mavzu; Nazariy elektrtexnika faniniga kirish.

Reja.

1.Nazariy elektrotexnika fanining rivojlanish tarixi.

2. Nazariy elektrotexnika fanining zamonaviy texnika tuzilishidagi o‘rni.

1. Fanning qonuniyatlari yaratilishi haqidagi tarixiy ma’lumotlar.

2. «Nazariy elektrotexnika» fanini elektroenergetika yo’nalishi fanlari bilan bog’liqligi.

3. Fanning elektrotexnika umumiy ta’lim tarmog’ida



Tayanch iboralar: elektr maydon, magnit maydon, elektr zaryad, rezistorlar, induktiv cho’lg’amlar, aktiv qarshilik, induktiv qarshilik, sig’im qarshilik, kondensatorlar, ferromagnit.

1. Fanning qonuniyatlari yaratilishi haqidagi tarixiy ma’lumotlar.

O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng o’tgan vaqt davomida butun halq xujaligini keng elektrlashtirish bo’yicha ko’pgina muhim ishlar amalga oshirildi.

Muxandis-magistr va bakalavrlar mamlakatimiz oldida turgan yirik vazifalarni ilmiy asoslarda muvaffaqiyatli xal qilishlari uchun keng nazariy bilimlarga ega bo’lishlari va ularni amaliyotda tadbiq eta olishlari zarur va shartdir. « Nazariy elektrotexnika » kursida nazariy masalalarni ko’rib chiqish amaliyotdagi masalalar bilan o’zviy bog’liqligi sababli ushbu kurs muxandis va bakalavr-elektriklarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Rossiyada elektr to’g’risidagi dastlabki izlanishlar rus olimi, akademik M.V.Lomonosov tomonidan amalga oshirilgan. Uning taklifiga ko’ra 1755 yilda Rossiya Fanlar akademiyasi «Elektr kuchlarining haqiqiy sabablarini aniqlash va uning to’g’ri nazariyasini yaratish» mavzusida tanlov e’lon qilgan. M.V.Lomonosovning zamondoshi rus akademigi F.Eplinusga termoelektr hodisalari va elektrostatik induktsiyani kashf etilishi tegishlidir. Ayniqsa uning Rossiya Fanlar akademiyasida 1758 yilda «Elektr kuchlari va magnitizmni bir xilligi» mavzusidagi ma’ruzasi diqqatga sazovordir.

Elektr zaryadlangan jismlar va magnit qutblarining mexanik ta’sirini miqdoriy nisbatlarini birinchi bo’lib frantsuz olimi Kulon 1875 yilda aniqladi. SHu vaqtning o’zida Kulon elektr zaryadlari va magnit massalari o’rtasidagi katta tafovutlar borligiga e’tiborni qaratdi.

Magnit hodisalarining haqiqiy tabiatini ochilishi o’tgan XIX asrning boshlariga to’g’ri keldi.

1820 yilda Ersted elektr tokining magnit strelkasiga mexanik ta’sirini kursatuvchi tajribalarni o’tkazdi. SHu yilning o’zida Amper tokli solenoid o’zining ta’siriga ko’ra magnitga o’hshashini isbotladi va doimiy magnitlarni hosil bo’lishining haqiqiy sababi magnit jism ichidagi qandaydir kichik elementar konturlardan oqayotgan elektr tokidir degan farazni o’rtaga tashladi.

SHunday qilib, amalda magnit massalari mavjud emas ekanligi to’g’risidagi tassavurga kelindi.

1831 yilda Faradey elektromagnit induktsiyasi hodisasini kashf etdi.

1833 yilda rus akademigi E.X.Lents birinchi bo’lib o’ta muhim holatni, ya’ni Ersted va Faradey tomonidan kashf etilgan hodisalarning umumiyligi va biri-biriga aylanishi mumkinligini kashf etdi. E.X.Lents elektrodinamikaning fundamental tamoyili – induktsiyalangan tokning yo’nalishini aniqlovchi elektromagnit inertsiyasi tamoyilini yaratdi.

Elektromagnit maydoni nazariyasi Maksvell tomonidan 1873 yilda “Elektr va magnitizm to’g’risida traktat“ asarida yaratildi.

Ushbu nazariyaning yanada rivojlantirilishi va amaldagi tajribalar bilan tasdiqlanishi 1886-89 yillarda nemis olimi G.Gerts tomonidan amalga oshirildi.

Elektromagnit hodisalariga asoslangan nazariyalarning taraqqiyoti davrida elektr va magnit zanjirlari nazariyasi ham yaratildi va o’z rivojini topdi. Elektr zanjirlari nazariyasiga 1827 yilda Om, 1841 yilda Joul, 1842 yilda Lents va 1847 yilda Kirxgoflar tomonidan kashf etilgan qonunlari asos solgan. Ushbu nazariyaning keyingi tarqqiyotiga ko’pgina davlatlar olimlari katta xissa qo’shdilar.

Hozirgi zamonaviy elektroenergetika tizimi, radiotexnika va elektr o’lchov apparatlari, avtomatli nazorat qilish va boshqarish tizimlari, tez harakat qiluvchi EXM lari va boshqa qurilmalarning o’ta murakkablashib ketishi sharoitida tahlil qilishning shunday umumlashtiruvchi usullarini yaratish zaruriyati hosil bo’lmoqdaki, ular yordamida ushbu murakkab tizimlar va elektr zanjirlarining tarkibiy qismlari bo’lgan to’liq alohida komplekslar o’zlarining umumlashtirilgan parametrlari yordamida tahlil qilinadi. Zanjir elementlarining shunday komplekslari bo’lib, masalan, elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi generatsiya qurilmalari, elektromagnit energiyasini o’zatuvchi yoki o’zgartiruvchi qurilmalar (Elektroenergetika tizimida); radio va teleeshittirishlar tizimi, simli aloqa tizimlari va boshqa nazorat hamda boshqarishga mo’ljallangan zamonaviy tizimlarda elektromagnit signallarni ishlab chiqaruvchi generatorlar, kuchaytirgich va o’zgartirgichlar: EXM laridagi differentsiyalash, integratsiyalash, mantiqiy jarayonlarni bajaruvchi bloklar va hokazolar qabul qilinishi mumkin.

Ushbu alohida komplekslar o’z tarkibiga zanjirning alohida chiziqli elementlarini oladi. Masalan, parametrlari tokka bog’liq bo’lmagan rezistorlar, induktiv cho’lg’amlar, kondensatorlar va chiziqli bo’lmagan, parametrlari tok yoki kuchlanishga bog’liq bo’lgan elektron lampalar, tranzistorlar, ferromagnit o’zakli induktiv g’altaklar va hokazo. Ushbu elementlar komplekslar ichida har xil usullarda bir-biri bilan bog’lanib ancha murakkab elektr zanjirlarini hosil qiladi. Komlekslarning o’zlari ham o’z navbatida har-xil usullarda bir-biriga bog’lanib murakkab tizimlarni hosil qiladi.

Murakkab tizimlarni tahlil qilishning umumlashtirilgan usullari ham elektr zanjirlarining asosiy fizikaviy qonunlari - Om va Kirxgof qonunlariga asoslangan.

Bayon etilganlar yuqori darajali ilmiy elektrotexnik ta’lim olishni tashkil etishga nisbatan alohida talablarni ko’yadi. Mana shu talablarga javob beruvchi fan sifatida « Nazariy elektrotexnika » fani yaratilgan va rivojlanib kelmokda.

Ushbu fanning birinchi, eng qisqa, qismi «Elektromagnit maydon nazariyasi hamda elektr va magnit zanjirlar nazariyasining asosiy tushunchalari va qonunlari» deb nomlanib, o’z ichiga fizika kursidan ma’lum bo’lgan tushuncha va bilimlardan foydalangan holda elektromagnit hodisalarni yoritib beruvchi tushuncha va qonunlarni umumlashtiradi, elektr, magnit zanjirlari nazariyasiga tegishli tushuncha va qonuniyatlarni rivojlantirib beruvchi ta’riflar va aniqliklarni o’z ichiga oladi. Birinchi qism «Fizika» va «Elektrotexnikaning nazariy asoslari» fanlari o’rtasida bog’lovchi kurs vazifasini o’taydi hamda elektr va magnit zanjirlarida, elektromagnit maydonlarida sodir bo’ladigan jarayonlar to’g’risida fizikaviy tushunchalar va tasavvurlarni beradi.




Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish