Elektrostatik maydon kuchlanganligi Elektrlangan jismlar bilan o’tkaziladigan tajribalar asosida, olimlar elektr zaryadining bu o’zaro ta’siri, zaryad bilan bevosita bog’liq bo’lgan, elektr maydoni deb ataladigan materiyaning o’ziga xos formasi orqali uzatiladi degan xulosaga keldilar, lekin shu bilan bir qatorda uni boshqa maydonlar (gravitasion, yadroviy) bilan aralashtirib yuborishga yo’l qo’yilmaydi: Elektr maydoni boshqa xil maydonlar kabi moddiy olam materiyasining o’ziga xos yashash formasi bo’lib, u obyektiv reallikdir.
Elektr maydoni faqat zaryadga bo’lgan ta’sir orqali namoyon bo’ladi.
Elektr maydoni faqat zaryadlangan jismlar atrofidagi fazoda mavjud.
Elektromagnit o’zaro ta’sir juda katta, lekin chekli tezlik bilan uzatiladi. (3·108m/sek)
Elektr maydonini miqdoriy jihatdan xarakterlash uchun maydon kuchlanganligi
tushunchasidan foydalanadilar. Qo’zg’almas q-zaryad maydoniga qs-sinov zaryadini kiritamiz (1.3-rasm). Kulon qonuniga muvofiq, sinov zaryadiga ta’sir etadigan kuch:
(1.8)
Vektor ko’rinishda
1.3 – rasm
(1.9)
Tajribalar ko’rsatishicha, har xil kattalikdagi sinov zaryadiga har xil kuchlar ta’sir etadi:
(1.10)
Bu kuchlarning sinov zaryadiga nisbati maydonning har bir nuqtasi va har qanday sinov zaryadi uchun o’zgarmas kattalik bo’lib, maydonning asosiy kuch xarakteristikasi hisoblanadi va elektr maydon kuchlanganligi deb yuritiladi. Elektr maydon kuchlanganligi birlik musbat zaryadga ta’sir etuvchi kuchga son jihatdan teng kattalik bo’lib, u quyidagicha ifodalanadi:
(1.11)
Kulon qonuniga muvofiq:
(1.12)
(1.12) vakuumda joylashgan nuqtaviy zaryad maydonining kuchlanganligi ifodasidir. Elektr maydon kuchlanganligi vektor kattalik bo’lib, uning yo’nalishi musbat zaryaddan tashqariga, manfiy zaryad uchun zaryadga tomon yo’nalgan bo’ladi. (1.4-rasm)
1.4 – rasm
(1.13) ifodaga muvofiq, maydon kuchlanganligining birligi qilib, Xalqaro birliklar sistemasi (SI)da qabul qilingan, u shunday maydon kuchlanganligiki, miqdori 1-Kulon bo’lgan zaryadga 1 Nyuton kuch ta’sir qiladi:
Agar elektr maydonini ikki yoki undan ortiq zaryadlar sistemasi vujudga keltirsa, u holda maydon kuchlanganligi, alohida zaryadlar maydoni kuchlanganligi vektorining geometrik yig’indisi tarzida aniqlanadi. Bu usul superpozitsiya prinsipi deb yuritiladi.
q1 va q2 zaryadlarning elektr maydoni ustma – ust tushgan bo’lsin (1.5-rasm). U holda maydonning istalgan nuqtasidagi kuchlanganlik vektori superpozitsiya prinsipiga ko’ra aniqlanadi:
(1.14)
Kuchlanganlik vektorining moduli:
(1.15)
bu yerda, va vektorlar hosil qilgan burchak. Agar bo’lsa,
1.5 – rasm
Zaryadlar sistemasi maydonidagi sinov zaryadiga har bir zaryad mustaqil ta’sir etadi.
1.6 – rasm
(1.6)
Bu kuchlarning bosh vektori: (1.17)
(3)-ifodaga asosan maydon kuchlanganligi:
(1.18)
yoki
(1.19)
(1.19) superpozitsiya prinsipining ifodasi bo’lib, istalgan zaryadlar sistemasining maydon kuchlanganligini hisoblash imkoniyatini yaratadi. Zaryadlar sistemasi ikkita qarama – qarshi, birday miqdordagi (l<) zaryaddan iborat bo’lsa, u dipol (qo’sh qutb) deb yuritiladi.
Dipol maydoni kuchlanganligi:
a) Kuzatilayotgan nuqta dipol o’qida yotgan bo’lsa,
Dipol zaryadlaridan birining modulini ular orasidagi masofaga ko’paytmasidan iborat kattalik dipol momenti deb yuritiladi. (1.20)
Dipol momenti vektor kattalik bo’lib, manfiy zaryaddan musbatga tomon yo’nalgan bo’ladi.
(1.6-rasm)
(1.21)
b) Kuzatilayotgan nuqta dipol o’qiga perpendikulyar chiziqda yotgan bo’lsa:
va - vektorlar modullari o’zaro teng bo’ladi.
(1.22)
rasmdan,
(1.22) ni e’tiborga olib,
(1.23)
Dipol maydonining har qanday nuqtasidagi kuchlanganlik quyidagi formula yordamida hisoblash mumkinligini ko’rsatish mumkin.
(1.24)
E
1.7 – rasm
lektr maydonini ko’rgazmali tasvirlash uchun kuchlanganlik chiziqlari tushunchasidan foydalaniladi. Kuchlanganlik chiziqlari fazoda shunday o’tkaziladiki, uning har bir nuqtasiga o’tkazilgan urinma kuchlanganlik vektori E-bilan mos tushadi. Elektr maydon kuchlanganlik chiziqlariga o’tkazilgan urinma maydonni yo’nalishi jihatdan xarakterlasa, chiziqlar zichligi esa uni miqdoriy jihatdan xarakterlaydi. Kuchlanganlik chiziqlari maydonning qaysi nuqtasida zich bo’lsa, o’sha yerda maydon kuchlanganligi ham katta bo’ladi. Elektr maydoni o’sha nuqtada zaryadga kattaroq kuch bilan ta’sir etadi va aksincha (1.7-rasm).
Elektr maydon kuchlanganlik chiziqlarining shakli zaryadlar ishorasi va elektrodning shakliga bog’liq bo’ladi. (1.8-rasm)
Kuchlanganlik chiziqlari o’zaro parallel bo’lib, zichligi barcha nuqtalarda bir xil bo’lgan maydon bir jinsli elektr maydoi deb yuritiladi.
11-Modul, ELEKTR MAYDON KUCHLANGANLIK VEKTORINING OQIMI.